Lekin ota-onam hali
bundan bexabar. Men juda
kichkina, hatto olma
urug'idan xam
kichikroqman. Nima
bo'lganda ham men
borman. Buni hech kim
inkor qila olmaydi. 15-
oktyabr. Biroz
kattalashgan bo'lsam
hamki, harakat qila
oladigan ahvolda
emasman. Onam
yuragining shundoqqina
tagida joylashib
olganman. 22-oktyabr.
Og'zim shakllana boshladi.
Bir yildan keyin men ham
mazza qilib kuladigan
bo'laman, tilga kiraman.
Kim endi meni mavjud
emas, deya oladi?
Nonning ushog'i ham non-
da, to'g'rimi? 27-oktyabr.
Bugun yuragim ura
boshladi. Bundan keyin
hayotimning oxirigacha
dukillab turadi. Uni zavq-u
shavqqa to'ldiraman hali.
12-noyabr. Barmoq
chiqara boshladim. Hali
ular bilan sochimni
tarayman, gullar teraman.
Men sizga bir sirni ochay:
men qiz bolaman... 20-
noyabr. Bugun onam
doktorga bordi. Borligimni
bilib, rosa sevingan
bo'lsangiz kerak-a,onajon!
Yaqinda meni qo'lingizga
olasiz, erkalatasiz... 13-
dekabr. Endi atrofga
bemalol qarayapman,
faqat qorong'u joydaman,
xolos. Ammo baribir
baxtiyorman, yaqinda
dunyo yuzini ko'raman...
24-dekabr. Onajon! Men
juda sog'lom qizcha
bo'laman. Tezroq dunyoga
kelishni, bag'ringizda
mazza qilib uxlashni
xohlayman. 28-dekabr.
Onajonim doktor qabuliga
keldi. Voy, nimalar
deyapsiz, onajon?! Rizqni
Alloh beradi-ku! 29-
dekabr. Eh... onajonim,
nega tug'ilishimni
istamayapsiz? Nega jajji
qo'llarim bilan yuzingizni
silashimni, sizga
erkalanishimni
xohlamayapsiz? Afsus...
Oh! Badanim og'riyapti!
Juda qattiq og'riyapti.
Meni qutqaring, onajon!...
Onaa...joon...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1