QANDAY EKAN???
(Savolnomada javob
berishga
shoshmang, avval bu
yerdagi
yozuvni oxirigacha
o`qing!!!)
Odnodagi temalarni
o`qir
ekanman bir savol
aylanib ham,
o`rgilib ham fikrimni
egallab
olaveradi. Bu – qizlar
haqida
yigitlar so`z ochganda
ba`zida
uchraydigan gap, ya`ni:
“90 FOIZ
QIZLAR YOMON” yoki
“KO`PCHILIK
QIZLAR YOMON” degan
gapni
qaytarilishi. Goh u
gruppada, goh
bunisida! Endi esa
shunday
deydiganlarga
aytadigan
e`tirozlarimga kelsak,
bir
boshidan izohlashga
harakat
qilaman, faqat
oxirigacha o`qing,
erinmang… 1) 90 % yoki
deganda nimani
tushunasiz? Bu
aniq raqam! Demak,
90% bu – 10
ta qizdan to`qqiztasi
degani. Endi
siz taniydigan 10 ta
qizni tanlab
oling hayolan.
Atrofingizdagi
qizlardan: qo`shni,
ishxonadagi,
o`qishdagi,
qarindoshlardan.
Qarindoshlar deganim
nafsoniyatingizga
tegmasin
iltimos, shunchaki 10
tadan 9 ta
qiz yomon chiqmasligini
ko`rsatish niyatim.
Ho`sh, tanlab
oldingizmi? Endi
yaxshilab o`ylab
ko`ring. Har kuni sizga
salom
berib siz haqingizda
yomon
hayolga bormaydigan
hamkasbingiz, yoki
sizni
ko`zingizga qarashga
uyaladigan
kursdoshingiz, yoki
akajon deb
sizni ko`rsa
quvonadigan
jiyaningiz… Nahotki shu
10 ta
qizdan 9 tasi yomon
tabiatli,
yomon xulqli bo`lsa?
Negadir
ishonish qiyin… 2) Ho`p
mayli, siz
aniq raqam
aytmadingiz 80 yoki
90 % deb, lekin
KO`PCHILIK degan
so`zni ishlatdiz.
Ko`pchilik
deganda nimani
tushunasiz?
Hisob-kitobdan xabari
bor odam
uchun ko`pchilik
deganda eng
kamida 50% dan
ortig`ini, ko`pi
bilan esa 99 % ni
tushunadi.
Yana raqamlarga kelib
taqaldiku,
ana xolos! Nahotki siz
tanigan 10
ta qizdan kamida 5
tasi, ko`pi
bilan esa 9 tasi yomon
tutadi
o`zini? Yaxshilab o`ylab
ko`ring-
a… Yoki ko`cha-ko`yda
ketyapsiz
tasavvur qiling.
Qarshingizdan
chiqqan har ikki qizdan
biri sizga
ko`z qisib yoki “Yaxshi
yigit,
tanishsak bo`ladimi?”
deb e`tibor
qilishsa. Yomon qizlar
aynan
shunday, hayo, iboni sal
unutib
qo`ygan bo`ladiku,
to`g`rimi? Bu
holat siz aytgan
raqamlarga
to`g`ri kelyapti o`ylab
ko`rsangiz.
3) Agar siz bu
raqamlarni
ODNOdagi qizlarga
nisbatan
aytayotgan bo`lsangiz,
yana
adashasiz. Chunki
Odnoga 1
million o`zbek qizi kirsa
shundan
900 mingtasi hech
qanaqasiga
yomon bo`lishi mumkin
emas.
Agar shunday
bo`lganda edi
ODNOda yaxshi
mavzularda
suxbat qilinadigan
gruppalar
sanoqli bo`lar edi.
Habaringiz bor
o`zbek gruppalari ichida
10-20
ming a`zosi bo`lgan
gruppalar
ko`p. Ularning mavzulari
oddiy:
hikoyalar, voqealar,
sherlar va
boshqalar. Siz bilgan
yomon
qizlar to`planadigan
gruppalarda
esa juda kam odam
yig`ilgan
razm solsa. Va u
yerdagi qizlarni
no`malum qism
“niqobdagi qiz”
ya`ni qiz profilidan
kirgan
yigitlar ekanligi sir
bo`lmasa
kerak. (“°°allohni
sevguchilar
sevgini bilguchilar°°√
gruppasida savolnoma
berilgan
edi shu mavzuda, topib
o`qib
ko`ring). Yuqoridagi
gaplarimga
jaxlingiz chiqmasin aziz
do`stlarim. Shunchaki
siz hisobda
ancha yanglishganingiz
ko`rsatish edi niyatim.
Endi
masalaning SIZ UCHUN
YOMON
TARAFIGA o`tsak
ijozatingiz
bilan: 1) TUXMAT! Ha,
aynan
tuhmat! Bordiyu
qizlarning 5
foizigina yomon bo`lsa
(Allohga
ayon qanchaligi) demak
siz 85 %
qizga tuxmat qilgan
bo`lasiz
“90% qizlar yomon”
degan
gapingiz bilan. Agar
sanoqli
bo`lsa yana undan ham
ko`piga.
Tuxmatni esa siz
tuxmat qilgan
odamingiz
kechirmaguncha
gunohi ketmasligi
haqida
aytilgan. Aks holda
Qiyomatda
javobini berishingizga
to`g`ri
keladi. Endi tassavur
qiling siz
aytgan foizga teng
sonli
qizlardan kechirim
so`rashingizni.
Buni iloji yo`q, to`g`rimi?
Shunday ekan, bu katta
yuk bilan
Qiyomatda qiynalib
qolmaysizmi?.. 2) FOL
OCHISH!
Xabaringiz bor folbinlar
Alloh
biladigan narsalarni
bilaman deb
da`vo qiladi. Siz ularga
o`xshab
qolmayapsizmi?.. 3)
OSHIRIB
GAPIRISH, ya`ni
YOLG`ON!
Yolg`onni qanday katta
gunohligi haqida ko`plab
Hadis
va Oyatlar o`qigandirsiz
yoki
eshitgandirsiz… Shu
yerda
to`xtaqolaylik. Sizga
shunday
katta gunoh yuki
kerakmi?
O`zingizga savol berib
ko`ring
keyingi safar 90 FOIZ
yoki
KO`PCHILIK deb
gapirishdan
oldin. Unutmang
odamning
hayoti davomida
qiladigan
gunohlarini katta qismi
til bilan
amalgam oshirilar ekan.
Ya`nikim
bu kabi aytgan
gaplarimiz
(tuhmat, bo`xton,
g`iybat,
chaqimchilik, fitnalar)
o`zimizga
qimmatga tushishi
mumkin. Agar
juda ham sabringiz
yetmasa
gapni ichingizda ushlab
turishga
–o`zbek tilida o`lcham
tushunchasini
ifodalovchi
boshqa so`zlar ham bor:
AYRIM
va BA`ZI kabi. Bularning
son
miqdori juda kam 90 %
yoki
KO`PCHILIK so`zlari
oldida. Eng
yaxshisi qo`lingizda aniq
dalil
yo`qmi (borligiga
shubxam bor)
sukut saqlang. Eng
yaxshisi –
shudir! Ko`p gapirib
toliqtirgan
bo`lsam uzr,
muammoni muhim
hisoblaganim uchun
batafsil
yozishga majbur
bo`ldim.
Aytgancha, yuqoridagi
gaplar
ba`zi qizlarga ham
tegishli.
Yigitlar haqida
gapirganda
ehtiyot bo`ling, yana
katta sonni
aytib yuborib tuhmat
qilib
qo`ymang…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3