litseydagi o'quvchilariga
ajoyib taklifni aytdi: - Bir
hayotiy tajribada
ishtirok etishni
istaysizmi? O'quvchilar
taklifga rozi bo'lishdi. -
Unday bo'lsa, men nima
desam, shuni
bajarishga so'z bering.
O'quchilar so'z bergach:
Endi ertangi
vazifangizga tayyor
turing, dedi o'qituvchi. -
Ertaga hammangiz
yelim xalta va ko'pi
bilan besh kilocha
kartoshka olib
kelasizlar. O'quvchilar bu
qanday "tajriba" ekanini
bilmasalar ham? ertasi
kuni hamma aytilgan
narsalarni olib kelishdi.
O'qituvchi shunday dedi:
- Endi hozirga qadar siz
kechirishni xohlamagan
kishi uchun bittadan
kartoshka oling-da,
uning ismini yozib
xaltaga joylang. Bu
antiqa va qiziq
topshiriqdan so'ng,
ba'zilarning xaltasiga
uchta, beshta
kartoshka kirgan bo'lsa,
ba'zi o'quvchilarning
xaltasi esa
kartoshkadan to'lay
deb qoldi Shunda "Bu
yog'i qanday bo'larkan?"
deb qarab turgan
o'quvchilarga o'qituvchi
o'zining keyingi
topshirig'ini aytdi: - Bir
hafta davomida
qayerga borsangiz
ham, bu xaltalarni doim
o'zingiz bilan olib
yurasiz. Xoh
yotog'ingizda, xoh
avtobusda yoki
maktabda bo'lsin, har
doim xalta siz bilan
bo'lishi lozim. Oradan bir
hafta o'tdi. O'qituvchilari
sinfga kirar-kirmas,
topshiriqni bajargan
o'quvchilar shikoyat qila
boshladilar: - Ustoz, bu
og'ir xaltani ko'tarib
yurish juda qiyin. -
Ustoz, kartoshkalar
ayniy boshladi. Odamlar
ham menga g'alati
qarashyapti. - Ham
zerikib ketdik, ham
charchadik, ustoz...
Shunda o'qituvchi
jilmayib turib,
o'quvchilariga ibratli bir
gap aytdi: - Buni qarang,
kechirmasdan aslida
o'zimizni jazolayotgan
ekanmiz. Ruhimizni
mana shunday og'ir
yukni tashib yurishga
mahkum qilib qo'yibmiz.
Kechirimli bo'lishni
birovga nisbatan
qilinayotgan yaxshilik,
ehson deb o'ylaymiz.
Aslida, bu eng avvalo,
o'zimizga qilingan
yaxshilikdir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1