bolakay pianino
chalishga juda qiziqardi,
ammo musiqa
o’qituvchisi
barmoqlarining qisqa va
qalin bo’lganligi bois
hech qachon undan
yaxshi pianinochi
chiqmasligini aytadi.
Undan ko’ra, klarnet
chalishni tavsiya qiladi.
Biroq ko’p o’tmay,
klarnet o’rgatuvchi
ustozi lablarining
klarnetga uyg’un
emasligini va undan
yaxshi klarnetchi
chiqmasligini e’tirof
etadi.
Kunlarning birida
kutilmaganda, yosh
qahramonimiz mashhur
pianinochi Anton
Robinshteyn bilan
tanishadi. Taniqli
bastakor bolaga shu
kungacha hech kim
aytmagan kichik, ammo
ilhomlantiruvchi bir
so’zni aytadi: «Ey, yosh
odam! Pianino chalishga
imkoniyating bor. Aslida,
sening yaxshi bir pianist
bo’lishingga aminman,
biroq buning uchun sen
kuniga yetti soat
mashq qilishing kerak».
Bolakayning butun umidi
kimdandir bu
ilhomlantiruvchi so’zni
eshitish edi, aslida!
Robinshteyn
ta’kidlaganidek, kunning
asosiy qismini mashq
qilish bilan o’tkazadi va
harakatchanligi, intilishi
ko’p o’tmay o’z
mevasini beradi:
Jon Podovskiy
zamonasining eng
mashhur
pianinochilaridan biri
bo’lib yetishadi. Kichik
tirgak vazifasini
bajargan so’z bir
bolakay
imkoniyatlarining
oydinlikka chiqishiga va
yillar davomida atrofga
nur sochishiga sababchi
bo’ldi.
Shuni unutmangki,
bugun sizga
aytilayotgan har bir so’z
ufqingizni ocha bilguvchi
va butun hayotingizni
o’zgartirguvchidir!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев