Sevgimiz o’ldimi? - libosingiz ko’k,
Ko’nglingiz – begulxan, ko’zingiz – becho’g‘.
Bizdan borish yo’qdir, sizdan – kelish yo’q –
Kelishsiz dunyoda beg’am, azizam,
Nega ko’zlaringiz benam, azizam.
O’t yetdi – qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni – bebaxtlarimni –
Borishsiz dunyoga otgan, azizam,
Olisda oy kabi botgan, azizam.
Chunki tunga aytar rost „oh“ingiz yo’q,
Falakda kezgani sha’n rohingiz yo’q,
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo’q –
Boqaman: nigohim – gumon, azizam,
Yo’llaring tumandir, tuman, azizam.
Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarig’ida – yurak uchadir,
So’ngaklar uchadir, suyak uchadir –
Bu to’fon – xazonlig‘ menman, azizam,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizam.
Ammo siz sarg’aymang – gulli bog‘ bo’ling,
Yam-yashil ko’karing, mudom sog‘ bo’ling,
Bahornng bag'rida beadog‘ bo’ling –
Axir, qarg‘aganim sizmas, azizam,
Ikki kuz dunyoga sig’mas, azizam...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев