Предыдущая публикация
Boshga qirov tashlab ahorlar ketdi,
Bulbuli kuylagan nahorlar ketdi,
Dilimning suyanchi –
Siz, ketmadingiz. Oshimni yeganlar
o’tdi tanimay,
Qo’limda don bergan bo’ldi
g’anim-ey,
Yuragim og’riydi tutib jonim-ey,
Davronlar ketdilar,
Siz ketmadingiz. Jannatda hazrati
Odam adashdi,
Qing’ir ko’chalarda qadam
adashdi,
Shaytonning bazmida men ham
adashdim,
Ming bora kechirib,
Siz ketmadingiz. Yoshlik tarovatin
ketdi ko’tarib,
Jo’shqinlik boshqa dil yurar
ahtarib,
Ketdilar chaqmoqlar osmonni
yorib,
Sabrlar ketdilar ,
Siz ketmadingiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев