Chaqmoq vujud olov
sachratdi,
Kecha yoqqan yomg‘ir
charchatdi,
Kel, bugunni bayram qilaylik.
O’tgan kunim nadomat, armon,
Orom bilmas sargardon bu jon,
Esiz, umr o‘rtada sarson,
Kel, bugunni bayram qilaylik.
Azal jonga zavol andesha,
Bu dunyoda yolg‘iz ishq pesha.
Ayrilmoqqa o‘chmiz hamisha,
Kel, bugunni bayram qilaylik.
O’pib tursa sochlaringni nur,
Baxt neligin kapalaqdan so‘r,
Ne bo‘lsa ham tur, o‘rningdan
tur,
Kel, bugunni bayram qilaylik.
Axir seni ko‘rganim tushmas,
Xayolingsiz hushlarim qushmas,
Osmon sinib, zaminga tushmas,
Kel, bugunni bayram qilaylik.
Bir xo‘rsinsam, qaytib kelar soy,
Ayt, tilaging ayt, deb kelar soy,
Qaytib jonni qay yerdan olay,
Kel, bugunni bayram qilaylik.
Tongim balki armonlarga soz,
Ishq qismati ikkimizga rost,
Men entikib chorladim, xolos,
Kel, bugunni bayram qilaylik.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10