Qo'llaringdan Ushlab Bir Qucholmayman, Sog'inganim O'zingsan - Sevganim O'zing. Yuragim Sevadi Voz Kecholmaydi, Seni So'zlaringni Unutolmaydi. Yonimda Yo'qliging Qalbim Tirnaydi, Barbir Sevaman - Sevaveraman.
Bahor Gullariga O'xshatar Edim, Seni Sog'inganda Gulni Quchardim. Sevgan Edim Men Seni Bahor Faslida, Sevmadingmi Sevgilim - Seva Olmading.
Yomg'ir Yog'ayapti Boshimdan Hamon, O'tmoqdadir Kunlarim Bahorim Armon. Seni Izlaganda Topmasam Gumon, Sog'inganim Kelmading - Sog'inib Meni.
Ko'zlarim Yoshlandi Qarab Yo'lingga, Odamlar Aytardi Qara O'zingga. Kutaverib Qolmadi Tanamda Darmon, Ketmog'im Gumondir - Kelmog'ing Armon.
Haliyam Yog'yapti O'sha Yomg'irlar, Yuzlarimni Silaydi Tomchi Shabnamlar. Sevganimni Biladi O'sha Yomg'ir Ham. Nechun Sen Bilmading - Bila Olmading.
Ortimdan Yuradi Go'zallar Hamon, Sevolmayman Ularni Qalbimda Sensan. Men Seni Izlayman Izlarman Sarson, Lekin Topolmayapman - Izlaring Hamon.
Balki Guldek Ko'nglingda Sevganing Bormi, Balki Taqdirimda Sen Emas Boshqa. Ortga Chekinmayman Seni Topaman, Seni Yuragingga - Bir Kun Kiraman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев