- dedi
yigit uzoq safar oldidan qizga.
- Xo, ko'nglingiz yana nima
istaydi? - tan olishdan bosh tortdi qiz.
- Sog'inganingda qaytaman! -
dedi yigit va ketdi.
U uzoqlardan turib qizning iqrorini kutdi. Ammo telefonda shuncha gaplashishsa xam bu mavzuda gap ochmasdi.
Bundan ranjigan, qizning
sevgilisiga ishonmagan yigit bora- bora aloqani uzdi. Boshqa qiz bilan tanishib, munosabatlari qalinlashdi. To'y qilishga axd qildilar. Buni eshitgan qiz yigitga telefon qilib, bir kelib ketishini o'tindi.
Yigit rozi boldi.
- Nahotki bu sen? - dedi yigit to'shakda ozg'in - to'zg'in yotgan qizni korib.
- Yo'q, bu sog'inch qurboni, - dedi qiz jilmayib. - Siz mag'rur
edingiz, men esa andishali edim. Bilasizmi, to'yg'ular majburiyatni yoqtirmaydi,, siz esa majburladingiz... - Bir lahza tin olib pichirladi: - Men sizni....
Xayrlashmay turib sog'ingan edim! Endi keting... Xudbin va bevafo sog'inchga arzimaydi!
Muhabbat izohni yoqtirmaydi, shuni unutmang.....!
Hayolarimda özing yashaysan xar on,
Sog'inchlarim yozsam böladi doston. Yurakda bir tuyg'u uradi tug'yon,
Men seni sog'indim, seni sog'indim.
Kechalar botadi hanjarday
dilga, Daqiqalar guyo ulanar yilga. Qalbim xam kuyib aylandi kulga,
Men seni sog'indim, seni sog'indim.
Tölin oy köradi köz yoshlarimni, Silar tunlar nuri sekin boshimni.
Yor endi qöy, sinama bardoshimni, Men seni sog'indim seni sog'indim.
Baxorlarim sölib hazon kuz böldi, Xijron chechagi bag'rimda undi. Gözal orzularim armondek
söndi, Men seni sog'indim, seni sog'indim.
Firoqda yashayman sevgandan buyon, Xech kimga dardimni etolmam
bayon.
Azoblarim faqat OLLOHga ayon,
Men seni sog'indim, seni sog'indim.
Bu mayus közlarim yöllarda tolar, Jismim muxabbatining köyida yonar. Nigohing jonimni ötlarga solar, Men seni sog'indim, seni sog'indim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев