Tabassum to’la ko’zlaringni
bugun nogoh ko’rib
qoldim.
Menga jilmayib qarab
turardi… O’zimni hech ham bunchalik
ojiz
deb o’ylamagandim…
Nigohlaring qarsagi oldida
yuragim kuchli hayajondan
pasaydi… Sen bilan tanishish, suhbat
qurish
ayni damda mening eng
katta
orzuyimga aylandi…
Eskitdan shunaqa uyatchangmanda, qizlarga
kelganda yuz qizaraveradi.
Befarq bo’lmagan notanish
tanishingga gap tashlash
ham
qiyin bo’lar ekan… Sen ham huddi o’zimdan
ekansan…
Sening ham yuzlaring
yuragim
kabi hayajonda!!!
Lablaringni qaltirashi ham qandaydir jozibali,
qandaydir,
sirli… Shunaqa ham
unutilmas
baxtli tasodif bo’ladimi…!
Shuncha vaqt sevgi, muhabbat,
romantika haqida ko’plab
kitob
o’qibmanku, lekin, hech
ham
shunday bo’lishini bilmagan ekanman, tez-tez o’qib
ketavergan ekanman…
Shu ikki daqiqa bir asrga
tengdek
go’yo…
Xursandman… O’rtamizda ayni damda
umuman
yolg’on aralashmagan.
Ayanchli
ahvolga tushganimiz ham
shunga bo’lsa kerak…
Bekatda turibmiz…
Atrofdagi odamlarni
umuman
ko’rmayapman… Faqat
sening nigohing…
Mashinalar g’uv-g’uv
o’tayotgan
bo’lsa kerak… Lekin,
eshitmayapman…
Faqat, yuragimning dukur- dukuri
bor xolos…
Senga shunaqa gapirgim
kelyabdi… lekin, hozir
to’satdan
gap tashlashim “shilqim”likdek
tuyulishidan qo’rqib o’zimni
bosyabman. Senga
gapirsam
beparvodek o’tib
ketishingdan qo’rqyabman…
Nogoh kelib qolgan
avtobusga
ohista yurib chiqib
ketdinggu,
yuragimning bir parchasi avtobusning g’ildiraklari
tovushida ingragani
eshitilgandek
bo’ldi…
Avtobus qo’zg’aldiyu,
yuragimning hayajoni azobga
aylandi…
Avtobus haydovchisidan
qattiq
norozi bo’lib ketdim.
Hayolimga kelgan ertanggi kundan
qo’rqib
ketdim…
Avtobus ortidan ildamladim.
Avtobusning orqa
oynagidan sen qarab turarding…
Qo’limni qulog’imga olib
kelib,
“telefoningiz bormi”
degandek
qildim. Sen esa menga qarab
jilmayib qo’yding xolos…
Yuragimni vayron qilding
xolos…
Huddi, sen ham, men kabi
befarq emasding go’yo…
Ketding…
Mana shu besh daqiqa ichi
butun
vujudimni og’dar-to’ntar
qilib ketding…
Seni yana qayta
ko’rarmikanman…!!!
Mana seni ko’rganimga
naqd bir
hafta bo’libdi. Na halovat bor, va
na ishtaha… ikki kundan
beri
ishga ham borganim yo’q.
shu bir
hafta ichi ko’p kitob o’qidim…
Muhabbat haqida, sevgi
haqida…
Lekin, uchratmadim hech
qaysi
birida menda kechayotgan hayajonni. Yozuvchilar ham
bu
hayajonni yaxshi tasvirlay
olmagandek tuyuldi…
Ko’plab
sevgi haqida hind filmlarini ko’rdim…
Lekin, uchratmadim hech
qaysi
birida menda kechayotgan
hayajonni. Rejisyor ham
sevgi haqida kelganda tajribasiz…
Ha deb o’zimni koyiyman…
Eh
ahmoq deyman, shartta
ortidan
avtobusga chiqmaymanmi, deyman… Yana shunga
o’xshash
ko’plab bo’lar bo’lmas
savollar…
Savollar ko’p, javob
beradigan tuyg’ular yo’qda, javob
beruvchi
yurak yo’qda…
Na yurak bor, va na aql…
Telba degan so’zni anglay
boshladim shekilli… - Allo - Qalaysan Bobir?
- Yaxshi. ishlar qale?
- Nima balo kasalmisan
deyman
a? uch-to’rt kundan beri
ishga ham kelmaysan…
- Ha, kasalman…
- Hey tezroq ishga qayt,
sog’ayib.
Bir go’zal hurliqoni
boshlig’imiz senga yordamchi kotiba
qilib
ishga oldi. Ariza yozgan
ekansan,
kotiba kerak deb.
- Ha yozgan edim… - Voy, voy, voy, u qizni
ko’rsang
edi, naqd shohning qizi
malikani
o’ziya!!!
- Ha bas qilsangchi, qanaqa shoh, qanaqa malika…
- San bola eskitdan
shunaqasan,
qizlarga suyaging yo’q.
agar
uylanmagan bo’lganimda edi,
o’zim olib qo’yardim kelin
qilib
shu qizni!
- E hudoga shukur
qilsangchi. Bo’pti. Men ertaga ishga
chiqaman boshliqga aytib
qo’y.
Uni ishga ketishdan oldin
bekat
oldida kutdim. Ko’p kutdim. Kelmadi… Yana bir bor
yo’limdan
chiqsa edi, yuragimdagi bir
haftalik bir asr is’horlimni
aytib
berardim… Nimalarni o’ylayman a?
mana
shu kunlarda juda ham
hayolparast bo’lib ketdim
o’zi…
Ishxonaga kelganimni ham payqamay qolibman…
xonamga
o’zgacha rux kirgandi…
gullar
paydo bo’lib qolibdimi, stol
usti ham tartibli. Kompyuterim
asosiy
foni ko’m-ko’k bo’lib turar
edi,
endi esa ajoyib rasm
qo’yilibdi, endigina chiqayotganmi,
yoki,
botayotganmi quyosh…
uning
ostida esa ikki sevishgan
bir-biriga suyanib o’tiribdi… ajoyib
rasm…
Ish stolimga o’tirdim...
Boshlig’imiz ham dam
olishni
ko’rsataman degandek bir dasta
qog’ozlarni tashlab chiqib
ketdi
shekilli…
Nogoh eshik ochildiyu bir
hush ovoz salom berdi, judayam
mayin
ovoz edi…
Men qaradim…
Qarshimdagi inson qaradi…
U edi… Men ham o’sha ahvolda
edim…
U ham shu ahvolda edi…
Uni izlamoqchi edim… shu
bugun
izlamoqchi edim… U meni ikki kun avval
topgan
ekan…
Nogoh topgan ekan…
Mana shu xonadan topgan
ekan… Baxtli tasodif… tasodiflar
yaxshilikga bo’lar ekan…
Qo’limni qulog’imga olib
kelib,
“telefoningiz bormi”
degandek qildim. Kulib yubordi…
Men ham kuldim…
Uning nigohlari endi faqat
menga
ataldi…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2