♥♥♥♥
- Mehr nima ey odam?
-Mehr ikki ko’zingdir.
-Oqibat ne ey odam?
-Labzi shirin so’zingdir..
Sevilish — boy bo'lishdan ham afzalroq, chunki suyukli bo'lish baxtli bo'lishdir. Sevgi — bu yashamoqlik istagidir. Sevgi barcha tuyg'ular ichidagi eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi. Chin muhabbat me'yor va chegarani bilmaydi. Sevgi odamlarni kuch-qudrat tuyg'usi bilan boyitishi kerak va boyitadi ham. Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysundiradi, dimog'dorlarni shavqatga o'rgatadi, ammo uning asosiy xususiyati nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi. Chinakam sevish o'zi haqida o'ylashni unutishdir. Muhabbat odamni tanimaydigan darajada o'zgartirib yuborishi mumkin. Hech nima erkak qalbini sevilganlik tuyg'usidek kuchli rom etib, yumshatolmaydi. Faqat sevgan kishigina inson degan nomga munosibdir. Sevgi har qanday qismatga ham zarba beradi. Sevgi tuyg'ularimizning eng musaffosidir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев