O‘zgarishiga Tayyor Bo‘ling!
•••
Tabiatda yil fasllarining o‘zgarib turishi, har
bir faslning o‘ziga xos takrorlanmas
go‘zalliklari borligini bilamiz. Tabiatdagi
o‘zgarishlarni orziqib kutamiz, ulardan
zavqlanamiz. Lekin o‘z ruhiy olamizda sodir
bo‘ladigan o‘zgarishlarni ko‘ra bilmaymiz. Bu
esa bizning hissiyotlarimizga, oilaviy
hayotimizga salbiy ta'sir ko‘rsatish mumkin.
Bu o‘rinda so‘z muhabbatdagi fasllar
o‘zgarishi, undagi eng murakkab va havfli
bo‘lgan ikkinchi bosqichdan uchinchi bosqichga
o‘tish haqida boryapti. O‘tish har qanday davr
uchun ma'lum bir inqirozlar bilan kechgani
sababli bu bosqichda ham qator
qiyinchiliklarga, turmush urinishlariga ro‘baro
kelishi mumkin.chunki aynan shu davrdan
boshlab sevgilisni ideallashtirib idrok qilishga
moyillik kamayib boradi. Endi shaxs qanday
bo‘lsa, shundayligicha, real, aniq va xolisona
idrok qilinadi. Mehr-muhabbatning yo‘nalishi
o‘zgarib farzandlar tomonga og‘adi va
turmush o‘rtog‘iga nisbatan esa kamayib
boradi. Ruhiy to‘yinish - er-xotiningbir-
biridan to‘yib qolishidan, oiladagi turli ikir-
chikirlardan nizolar kelib chiqa boshlaydi.
Er-xotin qanchalik yosh bo‘lsa, bu davr
shunchalik og‘ir o‘tadi. O‘zaro
kelishmovchiliklar ko‘payadi. Ularning
yoshligi, hayotiy tajribalari yo‘qligi oqibatida
“muhabbatimiz o‘ldi” yoki “muhabbatda, umr
yo‘ldoshini tanlashda adashdim, men hali
yoshman xatoyimni to‘g‘rilab olaman”, deb
oilaviy yong‘inini alanga oldirish bilan ahvol
yanada og‘irlashadi. Kuyov o‘zicha: “Ko‘cha
to‘la xotin”, - dese, kelin: “Er qurib qoldimi,
ko‘chaga chiqsam son mingta er, xohlasam
ertagayoq birortasiga tegib olaman” - degan
xayolga borishlari mumkin. Natijada
to‘yinishga uchragan hissiyotlarni va o‘zaro
munosabatlarni ruhiy jihatdan tahlil qilib,
to‘g‘ri xulosa chiqarish o‘rniga salbiy
munosabatlar yuzaga keladi va ikki yosh ham
bu munosabatning quliga aylanib qoladilar.
“Savodsiz bo‘lmasa shu ishlarni qilarmidi?”,
“Oliy ma'lumotli xotin olgandan ko‘ra
uylanmasdan o‘tgan yaxshi”; “Erimning yoshi
mendan ancha kattaligidan ba'zida meni
qiziqishlarimni tushunmaydi”, “Xotinim
yoshligi tufayli bir ma'nili fikr, ish chiqmaydi,
xuddi yosh bolalarga o‘xshab hayoli doim
o‘yin-kulguda”; “Xotining pedagog bo‘lsa, bir
umr tarbiyalaydi”, “ering san'atkor bo‘lsa,
oilaviy hayotining sahnaga aylanadi, xotining
san'atkor bo‘lsa, vafosizlik soya kabi
ajralmaydi ” va shu kabi o‘zini oqlab, bor
gunohni umr yo‘ldoshiga ag‘darishga intilish
salbiy munosabatlarning shakllanishiga imkon
yaratadi.
Bunday munosabat shakllangandan so‘ng
oilaviy hayotdagi har qanday kelishmovchilik
va nizolar xuddi shu munosabat zaminida hosil
bo‘layotgandek idrok etiladi. Bu munosabatga
aloqador bo‘lmagan voqyealar xotirada
saqlanmaydi, unga aloqadorlar esa uzoq
muddatgacha xotirada saqlanib qoladi. Undan
so‘ng er-xotin salbiy munosabatlar quliga
aylanadilar. Bu esa asta-sekin oila
poydevorini yemirib, uning barbod bo‘lishiga
olib keladi. Endi o‘zaro er-xotin emas, balki
ular orasidagi munosabatlar kurashadi. Er-
xotin esa mazkur munosabatlarning jasur
jangchilariga aylanadilar. Ular orasidagi jang
muhabbat tamomila barbod bo‘lgunicha davom
etaveradi. Lekin barcha oilalarda ham o‘tish
davri yuqorida ifodalangandek kechavermaydi.
Yuqorida sevishganlar orasidagi salbiy
munosabat va uning oilaviy munosabatga
zarbasini aytib o‘tdik xolos. Ammo
munosabatlar ijobiy ham bo‘ladi.
Muhabbatning birinchi bosqichida hissiyotli
inson ijobiy munosabatlar ta'sirida va ayniqsa,
ikkinchi bosqichida o‘zining yuqori nuqtasiga
yetadi. Ammo ba'zi er-xotinlar (ko‘pincha
ayollarda) uchinchi bosqichga o‘tishda va
o‘tgandan so‘ng atrofdagi er-xotinlarga
havas bilan qaraydilar, ularni o‘z erlariga
o‘rnak qilib ko‘rsata boshlaydilar. Bunda
aksariyat ayol kishining o‘z hayotiga xolisona
ko‘z bilan qaramasdan chiqargan xulosalari
ustunlik qiladi. Bunday ayol va erkak o‘z eri
yoki xotiniga ularning hamkasblari, do‘stlari,
tanish-bilishlari ko‘zi bilan qarab ko‘rishlari
kerak. Shunda ular o‘z umr yo‘ldoshlarida
qanchadan-qancha ijobiy hislatlarni
ko‘radilar, ulardan boshqalarda bo‘lmagan,
biroq o‘zlari qadrlay bilmagan qimmatli
tomonlarni topadilar.
Xalqimizda “oldindan oqqan suvning qadri
yo‘q”, degan maqol bor. Bu eng avvalo oilaviy
hayotga, er-xotin o‘rtasidagi
munosabatlarga taalluqlidir. Shuning uchun
doimo o‘rtadagi sevgi-muhabbatning qadr-
qimmatini arzimagan sabablarga ko‘ra
yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik,
ko‘ngilsizliklarning oldini olib yashash kerak.
Aks holdda keyingi afsus va pushaymonlar bir
umr ruhiy azob berishini, yo‘l qo‘yilgan bu
xatoni bir umr tuzatib bo‘lmasligini yoddan
chiqarmaslik kerak.
Hayot murakkab jarayon, unda nimalar
bo‘lmaydi, deysiz. Arzimas sabablardan janjal
chiqarishga, uni avj oldirishga harakat
qilmaslik kerak. Bizda “er-xotinning urishi -
doka ro‘molning qurishi”, degan ibratli gap
bor. Xususan, o‘rtada farzandlar paydo
bo‘lgandan keyin juda ehtiyot bo‘lish zarur.
Barbod bo‘layotgan muhabbat tuyg‘usini hech
bo‘lmaganda norasida go‘daklar hurmati
uchun, ular taqdirini o‘ylab ham asrab qolish
shart. Loaqal oila saqlab qolinganida ham
sevgi-muhabbat hislarining nafratga aylanib
ketmasligiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Oilaviy hayotdagi hursandchiliklarni, o‘tib
ketgan shirin damlarni, iliq munosabatlarni
eslash ham arzimas nizolarni ro‘yobga
chiqarishning oldini oladi. Bu o‘rinda er-xotin
bir-birlarining xulq-atvorlaridagi ijobiy
xususiyatlarini eslab turishlari ham muhim rol
o‘ynaydi. Shuni eslatib o‘tish kerakki,
muhabbatning ikkinchisi - alangalangan
bosqichi umrini uzaytirishga, o‘zaro hurmat
bosqichiga inqirozsiz, nizolarsiz o‘tishga
yordam beradi. Buning zaruriy shartlari o‘ta
madaniyatli bo‘lish, oilaviy turmushga ijobiy
yondashishdir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев