" Xar kuni
seni, sen bilan o`tgan kunlarimni
eslab yuragim eziladi. Ko`chada
yurganimda sevishganlarni
ko`rsam xavas bilan qarayman,
sen bilan o`tkazgan go`zal
kunlarni eslayman. O`sha kunlar
xayotimning eng go`zal va
maroqli kunlari edi chunki sen
yonimda eding. Endi o`tgan
kunlar xech qachon qaytmaydi,
agar qaytarishni iloji bo`lganda
seni bir bora ko`rib ovozingni
eshitishni uchun butun
xayotimdan xam voz kechishga
roziman. Doim yig`lasam onam
seni gaplaringni eslatadilar: sen
yig`lasang meni yuragim og`riydi
der edinku. Onamni gapiga
qaraganda sen doimo meni
ko`rib kuzatib turar ekansan.
Men yig`laganimda esa sen
mendan xafa bo`lar ekansan.
Doim endi yig`lamayman
deymanu lekin ko`z yoshlarimni
to`xtata olmayman. Seni juda
qattiq sog`indim jonim.... Qani
endi yoninga borolsam, xar
doimgiday tizzangga o`tirib olib
kun davomida qilgan
sho`xliklarimni gapirib berar
edim. Afsus bularning xammasi
shiringina xayolim, xayoldagi
narsalar esa xech qachon amalga
oshmaydi. Meni yuragimda
faqatgina sen bilan o`tkazgan
baxtli laxzalar, seni sevging va
sen uchun atalgan muxabbatim
qolgan. Yonimda yoqsan lekin
tushlarimga kirib tur jonim. SENI
DOIMGIDAY JUDA QATTIQ
SEVAMAN. Ilohim yotgan joying
jannatda bo`lsin, qiyomat kunida
diydorlashguncha..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2