– Xudo yo`liga sadaqa qiling, mulla aka! Ravshan qizga ijirg`angan ko`yi nazar tashlab, nigohini tez tortdi-yu, yo`lida davom etdi. – Bo`lmasa, fol ko`rib qo`yaman, to`xtang! Bu safar ichida so`kindi. Shunda birdan esiga tushdi (avval e'tibor qilmagan ekan). Lo`li qiz to`rt kundan beri uning yo`lini to`sib, shu gaplarni takrorlaydi. Ilk kunda bir-ikki so`m sadaqa qilib yuborgandi. O`shanda o`rtog`i to`g`ri aytgan ekan: "Bunaqalarga bir marta sadaqa bersang, tanib qolib, har kun yo`lingni to`saveradi". Ertasi tushda ishdan qaytayotib tanish lo`li qizga ko`zi tushdi-yu, eti jimirlab ketdi. Xayriyat, ko`chada odamlar siyrak edi. – Mulla aka... – Nima istaysan mendan? – dedi g`azab bilan uning gapini bo`lib. – Jahlingiz chiqmasin. – Nega har kun yo`limga chiqib, asabimga tegasan? Pul kerakmi senga? Qancha bersam tinch qo`yasan meni? – Puling o`zingga buyursin, – dedi lo`li qiz birdan jiddiy tortib. – Bizda ham nafsoniyat bor. – Nimaga bo`lmasa xira pashshaga o`xshab yopishib ...Ещё– Xudo yo`liga sadaqa qiling, mulla aka! Ravshan qizga ijirg`angan ko`yi nazar tashlab, nigohini tez tortdi-yu, yo`lida davom etdi. – Bo`lmasa, fol ko`rib qo`yaman, to`xtang! Bu safar ichida so`kindi. Shunda birdan esiga tushdi (avval e'tibor qilmagan ekan). Lo`li qiz to`rt kundan beri uning yo`lini to`sib, shu gaplarni takrorlaydi. Ilk kunda bir-ikki so`m sadaqa qilib yuborgandi. O`shanda o`rtog`i to`g`ri aytgan ekan: "Bunaqalarga bir marta sadaqa bersang, tanib qolib, har kun yo`lingni to`saveradi". Ertasi tushda ishdan qaytayotib tanish lo`li qizga ko`zi tushdi-yu, eti jimirlab ketdi. Xayriyat, ko`chada odamlar siyrak edi. – Mulla aka... – Nima istaysan mendan? – dedi g`azab bilan uning gapini bo`lib. – Jahlingiz chiqmasin. – Nega har kun yo`limga chiqib, asabimga tegasan? Pul kerakmi senga? Qancha bersam tinch qo`yasan meni? – Puling o`zingga buyursin, – dedi lo`li qiz birdan jiddiy tortib. – Bizda ham nafsoniyat bor. – Nimaga bo`lmasa xira pashshaga o`xshab yopishib olding? – Seni yaxshi ko`rib qoldim. – Tentak ekansan! Ravshan tag`in ichida so`kinib, yuzini burdi. – Tixta! – dedi qiz. – Yaxshisi, gaplarimga quloq sol. Bo`lmasa, seni jodu qilaman, baribir meniki bo`lasan. Bu safar yigit ovoz chiqarib so`kindi. Sochi mayin, lekin xunuk to`zg`igan, odmigina ko`ylagining yenglari kirlangan lo`li qizdan takror ijirg`anib, tez-tez yurib ketdi. – Eslab qol, – deb qichqirdi lo`li ortidan, – mening ismim Marziya! Tuni bilan bu noxush diydorni eslab, mijja qoqmadi. Lo`li qizning yaltiroq ko`zlari ko`z oldidan nari ketmasdi. Ikki kun jinnisifat holda ishga qatnab yuraverdi. Uchinchi kuni ishtahasi yo`qolib, qo`l-oyog`idagi harakatlar tobora sustlashib borayotganini his qildi. Bir haftaga yetar-yetmas butunlay to`shakka mixlanib qoldi. Barmoqlari piyola tutishga ham ojiz edi. Nasiba bir yarim yashar qizalog`ini ko`targancha qaynonasini chaqirgani ketdi. Xotini uydan chiqishi bilan kutilmagan dahshatlar eza boshladi Ravshanni. Ko`z oldida avval xira tuman paydo bo`lar, keyin tuman asta-sekin quyuqlashib, unda lo`li qizning qiyofasi namoyon bo`lardi. Yigit bu vahimali qiyofani haydamoqqa qanchalik urinmasin, badanining biror a'zosi qimir etmasdi. Hatto qichqiray desa, ovozi chiqmaydi. Ota-onasi tezda yetib kelishdi. Ammo chaqirgan do`xtirlaridan biror naf tegmadi. Dorilar ham bekor ketdi. Ahvoli battar yomonlashdi uning. Oxiri folbinga ko`rsatishdi. – Mullaga o`qitish kerak, – dedi u. – Bo`lmasa, o`lib qoladi.
Har holda bir qo`lli, badbashara mullaning o`qiganlari zoye ketmadi. Shundan so`ng Ravshan qayta oyoqqa turdi. Ammo u parishonhol, na xotini, na qizini erkalash xayoliga kelar, soatlab bir nuqtaga tikilganicha xayol surib o`tirardi. Ahyon-ahyon tunlari alahsirab "Marziya! Marziya!" deb qichqirar, bolasini allalayotgan Nasiba buni ko`rib tursa-da, hech qachon yuziga solmasdi. Rashk xanjari yigirma ikki yoshli kelinchakning ko`ksiga chuqur botib ketgan bo`lsa ham u eridan Marziyaning kimligi haqida so`rashga botinolmasdi. Oila, ro`zg`or degani Ravshanning xotiridan batamom ko`tarilgan, u endi ichkilikka ruju qo`ya boshlagan edi. Shunda ham xotini ichiga yutdi alamini. Er esa yostiqdoshiga qo`l ko`taradigan odat chiqardi. Nasiba baribir chidadi. Na ota-onasi, na qaynota-qaynonasi, hech kimga bu xususda og`iz ochmadi.
Ravshan soy yoqasidagi yalanglikda joylashgan lo`lilar qarorgohiga kelganida kun peshindan og`ib qolgandi. Tevarak bo`ylab o`nga yaqin matodan bichilgan uylar, har joy-har joyda to`p-to`p kul uyumlari ko`zga tashlanardi. Tol soyasiga to`shalgan sholcha ustida uch nafar lo`li bolasi qip yalang`och holda bir-biri bilan olishib yotar, chekkadagi xarsang toshda uzun sochli, rangi qop-qora, qo`llari gavdasiga nisbatan uzunroq ko`rinadigan lo`li yigit o`tirardi. U Ravshanga ko`zi tushishi bilan o`rnidan turib, yaqinlasha boshladi. – Salom! – dedi yetib kelgach, ko`rishish uchun qo`l cho`zib. – Adashmasam, ismingiz Ravshan? – Qayerdan bilasan? – Marziya aytgan edi. Ravshan bir seskandi. – O`zi qayerda? – deb so`radi sekingina. – Bozor atrofida ko`rinmaydi? – Uyma-uy yurgandir-da sanqib. –O`zingning isming nima? – Andino. Ravshanning kulgusi qistadi. "Morena Klara" nomli chet el seriali yodiga tushdi. Lo`li yigitning uzun sochlari shaqiqiy Andinoni eslatsa-da, bu nom unga umuman yara...ЕщёRavshan soy yoqasidagi yalanglikda joylashgan lo`lilar qarorgohiga kelganida kun peshindan og`ib qolgandi. Tevarak bo`ylab o`nga yaqin matodan bichilgan uylar, har joy-har joyda to`p-to`p kul uyumlari ko`zga tashlanardi. Tol soyasiga to`shalgan sholcha ustida uch nafar lo`li bolasi qip yalang`och holda bir-biri bilan olishib yotar, chekkadagi xarsang toshda uzun sochli, rangi qop-qora, qo`llari gavdasiga nisbatan uzunroq ko`rinadigan lo`li yigit o`tirardi. U Ravshanga ko`zi tushishi bilan o`rnidan turib, yaqinlasha boshladi. – Salom! – dedi yetib kelgach, ko`rishish uchun qo`l cho`zib. – Adashmasam, ismingiz Ravshan? – Qayerdan bilasan? – Marziya aytgan edi. Ravshan bir seskandi. – O`zi qayerda? – deb so`radi sekingina. – Bozor atrofida ko`rinmaydi? – Uyma-uy yurgandir-da sanqib. –O`zingning isming nima? – Andino. Ravshanning kulgusi qistadi. "Morena Klara" nomli chet el seriali yodiga tushdi. Lo`li yigitning uzun sochlari shaqiqiy Andinoni eslatsa-da, bu nom unga umuman yarashmagandek tuyuldi. – Yoshing nechada, Andino? – Yaqinda o`n yettiga to`laman. – Uylanishingga ham oz qolibdi-da, a? – Uylanganman, – dedi beparvo. – Ikkita xotinim bor. – Hazilkash ekansan. – Hazili yo`q. Ikkovi ham o`zimizning elatdan. Bittasini bu yerlarga olib kelganman. Ikkinchisi uyda qolgan, bolamizga qarayapti. – Marziya kiming bo`ladi? – Xotinim. To`satdan Ravshanning boshiga zarba urilganday bo`ldi. – Yana hazillashayapsanmi? – dedi xiyla asabiy. – Yo o`zi shunaqa ovsarroqmisan? – Qizishmang, – dedi lo`li yigit xotirjam. – To`g`ri, Marziya mendan to`rt yosh katta, lekin unashtirilganimizga bir yil bo`layapti. –Nega unda... – Hammasidan xabardor bo`lib, jim qarab turibsan, demoqchimisiz? Bizlarda ham g`urur bor, aka. Lekin elatiizda insonning shaxsiy erkiga hech kim to`sqinlik qilmaydi. U kimni xohlasa, o`shani sevadi. – Men Marziyaga uylanmoqchi bo`lsam-chi? – Ixtiyoringiz, – kuldi Andino. – Lekin hali hech kimning lo`li qiz bilan oila qurganini eshitmadim. Yetti pushti kuyadi, aka! Shu payt tol soyasidagi lo`livachchalarning qiyqirig`i avjiga chiqdi. Andino ular tomon o`girilib, nimadir deb baqirarkan, o`z shevasida so`kinib qo`ydi. – Aytchi, Andino... – Ravshan bir nafas yutdi. – Marziya joduni biladimi? – Havosini olgan u, hamma usullarini biladi. Ravshan xayolga cho`mdi. Azobli kunlari xotirida bir-bir jonlanarkan, xayr-ma'zurni ham unutib, sekingina yo`lga otlandi. – Ketyapsizmi? – dedi Andino. – Kutmaysizmi uni? – O`zim topib, gaplashaman. – Ehtiyot bo`ling!
Soyning bir tomoni terakzor. Ajriq qoplagan tekislikning o`rtasidan torgina egri so`qmoq o`tgan. Shu so`qmoqdan Marziya qo`lidagi tasbehni o`ynatganicha yolg`iz kelardi. – Meni izlab kelishingni bilardim, – dedi u Ravshanning oldida to`xtab. – Mendan nima istaysan? – Yana o`sha savol. Men esa javobni takrorlab o`tirmayman. – Menga qara, – dedi o`zini vazmin tutishga harakat qilib. – Tinch qo`y odamni. Yetar shuncha qilg`iliklaring. – Senga hech nima qilganim yo`q-ku?! – Sen meni jodu qilding. Bir o`limdan qoldim. – Bo`lmagan gap, – dedi lo`li qiz. – Bunga o`zing qattiq ishongansan va nuqul Marziya haqida o`ylayvergansan. Hech qanaqa jodu-podu yo`q bunda. – Aldayapsan! – asabiylasha boshladi yigit. – Uyimdan baraka uchdi. O`z yaqinlarim, hatto xotinim va qizimdan ham sovutding. – Hammasiga o`zing aybdorsan. – O`chir! – qizni bo`g`ib ushladi. – Tentaklik qilma! Biznikilar ayol kishiga qo`l ko`targanlarni kechirishmaydi. Seni jodu qilish niyatim bo`lsa, allaqachon burningdan ip o`tkazi...ЕщёSoyning bir tomoni terakzor. Ajriq qoplagan tekislikning o`rtasidan torgina egri so`qmoq o`tgan. Shu so`qmoqdan Marziya qo`lidagi tasbehni o`ynatganicha yolg`iz kelardi. – Meni izlab kelishingni bilardim, – dedi u Ravshanning oldida to`xtab. – Mendan nima istaysan? – Yana o`sha savol. Men esa javobni takrorlab o`tirmayman. – Menga qara, – dedi o`zini vazmin tutishga harakat qilib. – Tinch qo`y odamni. Yetar shuncha qilg`iliklaring. – Senga hech nima qilganim yo`q-ku?! – Sen meni jodu qilding. Bir o`limdan qoldim. – Bo`lmagan gap, – dedi lo`li qiz. – Bunga o`zing qattiq ishongansan va nuqul Marziya haqida o`ylayvergansan. Hech qanaqa jodu-podu yo`q bunda. – Aldayapsan! – asabiylasha boshladi yigit. – Uyimdan baraka uchdi. O`z yaqinlarim, hatto xotinim va qizimdan ham sovutding. – Hammasiga o`zing aybdorsan. – O`chir! – qizni bo`g`ib ushladi. – Tentaklik qilma! Biznikilar ayol kishiga qo`l ko`targanlarni kechirishmaydi. Seni jodu qilish niyatim bo`lsa, allaqachon burningdan ip o`tkazib olgan bo`lardim. Oyoq izing qolgan tuproqdan bir chimdim olib, seni telbaga aylantirardim. Xotining va bolangni o`ldirardim! Ravshanning qo`llari bo`shashdi. Miyasida kuchli og`riq turdi. Ixtiyorsiz ravishda chimga cho`karkan, barmoqlari bilan boshini changallab oldi. Lo`li qiz ham uning yoniga o`tirdi. – Marziya, ming la'nat senga ham, urug`ingga ham! – dedi yigit unga qaramay. – Nega o`z ering qolib, birovning hayotiga aralashasan? – Xohlagan insonimni yaxshi ko`rishim mumkin. Bu mening huquqim. – Qaniydi, menga senlarning hammangni bo`g`ib o`ldirish huquqi berilsa! – Yana tentaklik qilayapsan, – dedi qiz. – Sizlar bizni bir burda non gadosi deb o`ylaysizlar. Nega odamlar lo`lidan jirkanadi? Axir, bizda ham yurak bor-ku?! – Nimaga unda daydi itga o`xshab ko`chama-ko`cha yurasan? – Haqorat qilma! Ota-bobolarimizdan qolgan bu. Bizni pulga muhtoj deb o`ylasang xato qilasan. – Birovning oilasini buzishni ham ota-bobong o`rgatganmi? – Senday qaysar odamni ko`rmaganman, – dedi Marziya o`rnidan turib. – Boraver, biz boshqa uchrashmaymiz. – Shunaqa deysan-u, yana ertaga "lop" etib yo`limdan chiqasan. – Yo`q, – dedi Marziya jiddiy. – Meni boshqa ko`rmaysan!
Lo`li qizning bashorati to`g`ri chiqdi. Ravshan uch kun davomida Marziyani uchratmoq ilinjida qancha ko`cha kezmasin, ko`rmadi uni. Shanba tongidagi noxush havo kechga borib jalani boshladi. Oqshomda lo`lilarni g`aflat bosdi. Kuchli sel shovqinini sezib, ayollar bolalarni, erkaklar esa motosikllarini xavfsiz joyga yetkazish uchun yelib-yugurayotganlarida Marziya hammaning esidan chiqqan edi... – U sel kelishini oldindan bilardi va hammamizni ogohlantirardi, – deydi Andino. – Lekin o`sha kuni... Hayronman. U o`ziga o`zi hukm chiqargan!
PS. Lo`lilarning qarorgoshi bizning uydan uncha olis emasdi. Marziya o`lgan kuni tuni bilan uxlay olmadim. Elatdoshlarining faryodi yo`l bermadi bunga.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 5
Ravshan qizga ijirg`angan ko`yi nazar tashlab, nigohini tez tortdi-yu, yo`lida davom etdi.
– Bo`lmasa, fol ko`rib qo`yaman, to`xtang!
Bu safar ichida so`kindi. Shunda birdan esiga tushdi (avval e'tibor qilmagan ekan). Lo`li qiz to`rt kundan beri uning yo`lini to`sib, shu gaplarni takrorlaydi. Ilk kunda bir-ikki so`m sadaqa qilib yuborgandi. O`shanda o`rtog`i to`g`ri aytgan ekan: "Bunaqalarga bir marta sadaqa bersang, tanib qolib, har kun yo`lingni to`saveradi".
Ertasi tushda ishdan qaytayotib tanish lo`li qizga ko`zi tushdi-yu, eti jimirlab ketdi. Xayriyat, ko`chada odamlar siyrak edi.
– Mulla aka...
– Nima istaysan mendan? – dedi g`azab bilan uning gapini bo`lib.
– Jahlingiz chiqmasin.
– Nega har kun yo`limga chiqib, asabimga tegasan? Pul kerakmi senga? Qancha bersam tinch qo`yasan meni?
– Puling o`zingga buyursin, – dedi lo`li qiz birdan jiddiy tortib. – Bizda ham nafsoniyat bor.
– Nimaga bo`lmasa xira pashshaga o`xshab yopishib ...Ещё– Xudo yo`liga sadaqa qiling, mulla aka!
Ravshan qizga ijirg`angan ko`yi nazar tashlab, nigohini tez tortdi-yu, yo`lida davom etdi.
– Bo`lmasa, fol ko`rib qo`yaman, to`xtang!
Bu safar ichida so`kindi. Shunda birdan esiga tushdi (avval e'tibor qilmagan ekan). Lo`li qiz to`rt kundan beri uning yo`lini to`sib, shu gaplarni takrorlaydi. Ilk kunda bir-ikki so`m sadaqa qilib yuborgandi. O`shanda o`rtog`i to`g`ri aytgan ekan: "Bunaqalarga bir marta sadaqa bersang, tanib qolib, har kun yo`lingni to`saveradi".
Ertasi tushda ishdan qaytayotib tanish lo`li qizga ko`zi tushdi-yu, eti jimirlab ketdi. Xayriyat, ko`chada odamlar siyrak edi.
– Mulla aka...
– Nima istaysan mendan? – dedi g`azab bilan uning gapini bo`lib.
– Jahlingiz chiqmasin.
– Nega har kun yo`limga chiqib, asabimga tegasan? Pul kerakmi senga? Qancha bersam tinch qo`yasan meni?
– Puling o`zingga buyursin, – dedi lo`li qiz birdan jiddiy tortib. – Bizda ham nafsoniyat bor.
– Nimaga bo`lmasa xira pashshaga o`xshab yopishib olding?
– Seni yaxshi ko`rib qoldim.
– Tentak ekansan!
Ravshan tag`in ichida so`kinib, yuzini burdi.
– Tixta! – dedi qiz. – Yaxshisi, gaplarimga quloq sol. Bo`lmasa, seni jodu qilaman, baribir meniki bo`lasan.
Bu safar yigit ovoz chiqarib so`kindi. Sochi mayin, lekin xunuk to`zg`igan, odmigina ko`ylagining yenglari kirlangan lo`li qizdan takror ijirg`anib, tez-tez yurib ketdi.
– Eslab qol, – deb qichqirdi lo`li ortidan, – mening ismim Marziya!
Tuni bilan bu noxush diydorni eslab, mijja qoqmadi. Lo`li qizning yaltiroq ko`zlari ko`z oldidan nari ketmasdi. Ikki kun jinnisifat holda ishga qatnab yuraverdi. Uchinchi kuni ishtahasi yo`qolib, qo`l-oyog`idagi harakatlar tobora sustlashib borayotganini his qildi. Bir haftaga yetar-yetmas butunlay to`shakka mixlanib qoldi. Barmoqlari piyola tutishga ham ojiz edi. Nasiba bir yarim yashar qizalog`ini ko`targancha qaynonasini chaqirgani ketdi. Xotini uydan chiqishi bilan kutilmagan dahshatlar eza boshladi Ravshanni. Ko`z oldida avval xira tuman paydo bo`lar, keyin tuman asta-sekin quyuqlashib, unda lo`li qizning qiyofasi namoyon bo`lardi. Yigit bu vahimali qiyofani haydamoqqa qanchalik urinmasin, badanining biror a'zosi qimir etmasdi. Hatto qichqiray desa, ovozi chiqmaydi.
Ota-onasi tezda yetib kelishdi. Ammo chaqirgan do`xtirlaridan biror naf tegmadi. Dorilar ham bekor ketdi. Ahvoli battar yomonlashdi uning. Oxiri folbinga ko`rsatishdi.
– Mullaga o`qitish kerak, – dedi u. – Bo`lmasa, o`lib qoladi.
Oila, ro`zg`or degani Ravshanning xotiridan batamom ko`tarilgan, u endi ichkilikka ruju qo`ya boshlagan edi. Shunda ham xotini ichiga yutdi alamini. Er esa yostiqdoshiga qo`l ko`taradigan odat chiqardi. Nasiba baribir chidadi. Na ota-onasi, na qaynota-qaynonasi, hech kimga bu xususda og`iz ochmadi.
– Salom! – dedi yetib kelgach, ko`rishish uchun qo`l cho`zib. – Adashmasam, ismingiz Ravshan?
– Qayerdan bilasan?
– Marziya aytgan edi.
Ravshan bir seskandi.
– O`zi qayerda? – deb so`radi sekingina. – Bozor atrofida ko`rinmaydi?
– Uyma-uy yurgandir-da sanqib.
–O`zingning isming nima?
– Andino.
Ravshanning kulgusi qistadi. "Morena Klara" nomli chet el seriali yodiga tushdi. Lo`li yigitning uzun sochlari shaqiqiy Andinoni eslatsa-da, bu nom unga umuman yara...ЕщёRavshan soy yoqasidagi yalanglikda joylashgan lo`lilar qarorgohiga kelganida kun peshindan og`ib qolgandi. Tevarak bo`ylab o`nga yaqin matodan bichilgan uylar, har joy-har joyda to`p-to`p kul uyumlari ko`zga tashlanardi. Tol soyasiga to`shalgan sholcha ustida uch nafar lo`li bolasi qip yalang`och holda bir-biri bilan olishib yotar, chekkadagi xarsang toshda uzun sochli, rangi qop-qora, qo`llari gavdasiga nisbatan uzunroq ko`rinadigan lo`li yigit o`tirardi. U Ravshanga ko`zi tushishi bilan o`rnidan turib, yaqinlasha boshladi.
– Salom! – dedi yetib kelgach, ko`rishish uchun qo`l cho`zib. – Adashmasam, ismingiz Ravshan?
– Qayerdan bilasan?
– Marziya aytgan edi.
Ravshan bir seskandi.
– O`zi qayerda? – deb so`radi sekingina. – Bozor atrofida ko`rinmaydi?
– Uyma-uy yurgandir-da sanqib.
–O`zingning isming nima?
– Andino.
Ravshanning kulgusi qistadi. "Morena Klara" nomli chet el seriali yodiga tushdi. Lo`li yigitning uzun sochlari shaqiqiy Andinoni eslatsa-da, bu nom unga umuman yarashmagandek tuyuldi.
– Yoshing nechada, Andino?
– Yaqinda o`n yettiga to`laman.
– Uylanishingga ham oz qolibdi-da, a?
– Uylanganman, – dedi beparvo. – Ikkita xotinim bor.
– Hazilkash ekansan.
– Hazili yo`q. Ikkovi ham o`zimizning elatdan. Bittasini bu yerlarga olib kelganman. Ikkinchisi uyda qolgan, bolamizga qarayapti.
– Marziya kiming bo`ladi?
– Xotinim.
To`satdan Ravshanning boshiga zarba urilganday bo`ldi.
– Yana hazillashayapsanmi? – dedi xiyla asabiy. – Yo o`zi shunaqa ovsarroqmisan?
– Qizishmang, – dedi lo`li yigit xotirjam. – To`g`ri, Marziya mendan to`rt yosh katta, lekin unashtirilganimizga bir yil bo`layapti.
–Nega unda...
– Hammasidan xabardor bo`lib, jim qarab turibsan, demoqchimisiz? Bizlarda ham g`urur bor, aka. Lekin elatiizda insonning shaxsiy erkiga hech kim to`sqinlik qilmaydi. U kimni xohlasa, o`shani sevadi.
– Men Marziyaga uylanmoqchi bo`lsam-chi?
– Ixtiyoringiz, – kuldi Andino. – Lekin hali hech kimning lo`li qiz bilan oila qurganini eshitmadim. Yetti pushti kuyadi, aka!
Shu payt tol soyasidagi lo`livachchalarning qiyqirig`i avjiga chiqdi. Andino ular tomon o`girilib, nimadir deb baqirarkan, o`z shevasida so`kinib qo`ydi.
– Aytchi, Andino... – Ravshan bir nafas yutdi. – Marziya joduni biladimi?
– Havosini olgan u, hamma usullarini biladi.
Ravshan xayolga cho`mdi. Azobli kunlari xotirida bir-bir jonlanarkan, xayr-ma'zurni ham unutib, sekingina yo`lga otlandi.
– Ketyapsizmi? – dedi Andino. – Kutmaysizmi uni?
– O`zim topib, gaplashaman.
– Ehtiyot bo`ling!
– Meni izlab kelishingni bilardim, – dedi u Ravshanning oldida to`xtab.
– Mendan nima istaysan?
– Yana o`sha savol. Men esa javobni takrorlab o`tirmayman.
– Menga qara, – dedi o`zini vazmin tutishga harakat qilib. – Tinch qo`y odamni. Yetar shuncha qilg`iliklaring.
– Senga hech nima qilganim yo`q-ku?!
– Sen meni jodu qilding. Bir o`limdan qoldim.
– Bo`lmagan gap, – dedi lo`li qiz. – Bunga o`zing qattiq ishongansan va nuqul Marziya haqida o`ylayvergansan. Hech qanaqa jodu-podu yo`q bunda.
– Aldayapsan! – asabiylasha boshladi yigit. – Uyimdan baraka uchdi. O`z yaqinlarim, hatto xotinim va qizimdan ham sovutding.
– Hammasiga o`zing aybdorsan.
– O`chir! – qizni bo`g`ib ushladi.
– Tentaklik qilma! Biznikilar ayol kishiga qo`l ko`targanlarni kechirishmaydi. Seni jodu qilish niyatim bo`lsa, allaqachon burningdan ip o`tkazi...ЕщёSoyning bir tomoni terakzor. Ajriq qoplagan tekislikning o`rtasidan torgina egri so`qmoq o`tgan. Shu so`qmoqdan Marziya qo`lidagi tasbehni o`ynatganicha yolg`iz kelardi.
– Meni izlab kelishingni bilardim, – dedi u Ravshanning oldida to`xtab.
– Mendan nima istaysan?
– Yana o`sha savol. Men esa javobni takrorlab o`tirmayman.
– Menga qara, – dedi o`zini vazmin tutishga harakat qilib. – Tinch qo`y odamni. Yetar shuncha qilg`iliklaring.
– Senga hech nima qilganim yo`q-ku?!
– Sen meni jodu qilding. Bir o`limdan qoldim.
– Bo`lmagan gap, – dedi lo`li qiz. – Bunga o`zing qattiq ishongansan va nuqul Marziya haqida o`ylayvergansan. Hech qanaqa jodu-podu yo`q bunda.
– Aldayapsan! – asabiylasha boshladi yigit. – Uyimdan baraka uchdi. O`z yaqinlarim, hatto xotinim va qizimdan ham sovutding.
– Hammasiga o`zing aybdorsan.
– O`chir! – qizni bo`g`ib ushladi.
– Tentaklik qilma! Biznikilar ayol kishiga qo`l ko`targanlarni kechirishmaydi. Seni jodu qilish niyatim bo`lsa, allaqachon burningdan ip o`tkazib olgan bo`lardim. Oyoq izing qolgan tuproqdan bir chimdim olib, seni telbaga aylantirardim. Xotining va bolangni o`ldirardim!
Ravshanning qo`llari bo`shashdi. Miyasida kuchli og`riq turdi. Ixtiyorsiz ravishda chimga cho`karkan, barmoqlari bilan boshini changallab oldi. Lo`li qiz ham uning yoniga o`tirdi.
– Marziya, ming la'nat senga ham, urug`ingga ham! – dedi yigit unga qaramay. – Nega o`z ering qolib, birovning hayotiga aralashasan?
– Xohlagan insonimni yaxshi ko`rishim mumkin. Bu mening huquqim.
– Qaniydi, menga senlarning hammangni bo`g`ib o`ldirish huquqi berilsa!
– Yana tentaklik qilayapsan, – dedi qiz. – Sizlar bizni bir burda non gadosi deb o`ylaysizlar. Nega odamlar lo`lidan jirkanadi? Axir, bizda ham yurak bor-ku?!
– Nimaga unda daydi itga o`xshab ko`chama-ko`cha yurasan?
– Haqorat qilma! Ota-bobolarimizdan qolgan bu. Bizni pulga muhtoj deb o`ylasang xato qilasan.
– Birovning oilasini buzishni ham ota-bobong o`rgatganmi?
– Senday qaysar odamni ko`rmaganman, – dedi Marziya o`rnidan turib. – Boraver, biz boshqa uchrashmaymiz.
– Shunaqa deysan-u, yana ertaga "lop" etib yo`limdan chiqasan.
– Yo`q, – dedi Marziya jiddiy. – Meni boshqa ko`rmaysan!
Shanba tongidagi noxush havo kechga borib jalani boshladi. Oqshomda lo`lilarni g`aflat bosdi. Kuchli sel shovqinini sezib, ayollar bolalarni, erkaklar esa motosikllarini xavfsiz joyga yetkazish uchun yelib-yugurayotganlarida Marziya hammaning esidan chiqqan edi...
– U sel kelishini oldindan bilardi va hammamizni ogohlantirardi, – deydi Andino. – Lekin o`sha kuni... Hayronman. U o`ziga o`zi hukm chiqargan!
PS. Lo`lilarning qarorgoshi bizning uydan uncha olis emasdi. Marziya o`lgan kuni tuni bilan uxlay olmadim. Elatdoshlarining faryodi yo`l bermadi bunga.