mas'ud nurlar, Yulduzingni
yo'qotganing kech sezdingmi?
Ko'ngil uying qoplaganda qaro
tunlar Zulmatingga panoh
edim -
hech sezdingmi? Seni derdim,
g'iybatlarga qilmay parvo,
Yolg'onlarning ko'chasiga
kirmas
edim. Menga faqat azoblarni
ko'rding ravo, Sevmoq
shunday
alam, deya bilmas edim...
Yoqyaptimi endi seni o'sha
alam,
Qanday ekan zor qaqshamoq
hijronlarda?! O'rtamizda o'sha
g'urur tog' bo'lsa ham,
Aldamay
ayt - Yig'lading-ku
armonlarda...
Yolg'izsan-ku hatto yolg'iz
kechalardan, Sog'inchlardan
yaratyapsan meni qayta.
Xotiralar
azoblagan ko'chalardan
Eslamayin o'toldingmi biror
marta?! Men yig'lagan yo'llar
seni
chorladimi, Seni ko'rdim -
xotiralar orasida...?
Kunlaringda
mensiz zulmat porladimi -
Senga
jazo berdi ishqi norasida...
Mening bilan butun edi yarim
baxting, O'zligingni
yo'qotganing
hech sezdingmi?!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев