ishtahasi yo`qolib, juda kam
ovqat eydigan bo`lib qoldi. Bir
kuni xotinim qizimga yana
ovqatini edira
olmayotganligidan xunob bo`lib, menga arz qildi.
Oshxonaga chiqib,
qizalog`imni
ovqat eyishga ko`ndirishga
harakat qildim. U bo`lsa
ko`zlarida yosh bilan «Agar ovqatimni oxirigacha esam,
mening bir iltimosimni
bajarasizmi?» - deb so`radi.
Men
esa o`ylab ham o`tirmay
«Va`da beraman, qizim» deya uning
ko`z
yoshlarini artdim. Buning nima
qiyin tomoni bor, deya
o`yladim.
Qizalog`imning ko`ngli biror shirinlikmi yoki yangi
o`yinchoqmi, tusab qolgandir-
da.
Mening va`damni olgach,
uning
yuzlari yorishib ketdi, idishida turgan ovqatni ishtaha bilan
oxirigacha edi. Keyin esa hech
kutilmaganda:
- Men sochimni oldirib
tashlashni
xohlayman! - deb qolsa bo`ladimi.
Bu gap xotinim va meni
hayron
qoldirdi. Chunki qizcham
beliga
tushib turadigan qo`ng`iroq sochlari bilan maqtanishni juda
yaxshi ko`rardi. Boshimdan
birov
xuddi bir chelak sovuq suv
quyib
yuborganday bo`ldi. Bu fikr uning xayoliga qanday kelib
qoldi ekan-a? Onasiga
qarayman:
«Sochiga nima qilgan?»
- Sochlari top-toza, - deydi
xotinim ham hayron bo`lib. Shundan so`ng men bolamdan
bu iltimosni boshqasiga
almashtirishni so`radim. Unga
o`yinchoqlar, kitoblar, chiroyli
ko`ylakchalar, shirinliklar,
xullas istagan narsasini olib berishga
va`da berdim. Lekin foydasi
bo`lmadi. Xotinim jig`ibiyron
bo`lib, agar shunday qilsa, uni
jazolashini ta`kidlay boshladi.
Qizim bo`lsa menga mo`ltirab qarar, «Dadajon, axir va`da
berdingiz, berilgan va`dani
bajarish kerak, deb o`zingiz
aytgansiz-ku. Nahotki, kattalar
ham yolg`on gapirishadi»,
derdi ko`z yoshlari yuzini yuvib.
Men
chorasiz qoldim. Aslida
o`g`illarimga qaraganda
ko`proq
shu qizimni yaxshi ko`rardim- da.
Uning shiringina erkaliklari,
ishdan kelganimda bo`ynimga
osilib, akalaridan arz qilishlari
menga zavq bag`ishlardi.
Qizimning ko`nglini sindirgim kelmadi. Xotinimning
qarshiligiga
qaramay u bilan
sartaroshxonaga yo`l oldik. Bir
zumda qo`ng`iroq sochlar er
bilan bitta bo`lib yotar, qizimning
boshi tap-taqir alfozga
tushgandi.
Uyga qaytganimizda ham,
ertasiga ertalab maktabga
ketayotganida ham uning kayfiyati a`lo edi. Lekin men
bu
kayfiyat maktabga etib
borgandan keyin bolalarning
«kal-kal» degan mazaxlaridan
so`ng yo`q bo`lishidan va qizchamning keyingi ruhiy
iztirobidan xavotirda edim.
Maktabga etib borganimizda
qizim mashinadan sakrab
tushdi-
da, sinfxonasiga chopib keta boshladi. Bir payt orqadan bir
bolakayning qizimni
chaqirgani
eshitildi. Men ham darrov
o`sha
tomonga qaradim. Bolakay xursand holda chopib kelardi.
Qizig`i, bolakayning ham
boshida
bir tola tuk yo`q, tap-taqir!
Ҳayron bo`lib turgan edim,
yonimga o`rta yoshli bir ayol kelib o`zini tanishtira boshladi.
Ma`lum bo`lishicha, bu ayol
o`sha
bolakayning onasi ekan.
- Bilasizmi, - dedi ayol chopib
ketayotgan bolalarimizning orqasidan ko`zida yosh bilan
kuzatarkan, - mening bolam
og`ir
kasalga chalingan edi, dori-
darmonlar ta`sirida uning
sochlari bitta ham qolmay to`kilib ketdi. U har kuni
maktabdan xafa bo`lib
qaytardi.
Qizingiz esa o`g`limga doim
dalda
berib uni ruhan qo`llab turarkan,
ular juda yaxshi do`st ekanlar-
da.
O`tgan kuni o`g`lim uyga
birinchi
marta xursand qaytdi. Chunki qizingiz o`g`limga, men ham
senga o`xshab sochimni oldirib
kelaman, ikkalamiz bir xil
bo`lamiz, deb va`da beribdi.
To`g`risi, men o`g`limning
gapiga unchalik e`tibor bermagan
edim.
Ҳar qancha do`st bo`lishmasin,
harqalay, qiz bolaning chiroyli
sochlarini oldirib tashlashga
jazm etishiga ishonmasdim-da...
Bugun qizingizni ko`rgach,
bolamning ko`zlari birinchi
marta
quvonch bilan porladi. Uni
yaqin orada bunchalik quvnoq
kayfiyatda ko`rmagan edim.
Ҳammasi uchun qizingizga
rahmat! Biz fidokorlikni
bolalardan o`rganishimiz
kerakka o`xshaydi...
Men ayolga hech nima deb
javob
qaytara olmadim. Chopib
ketayotgan qizimning ortidan
qarab qolarkanman, mening bolajonim, mening jajjigina
farishtam birov uchun
borlig`idan ham kechishi
mumkin
ekanligini isbotlaganidan ham
lol edim, ham faxrlanardim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1