tinmay, nimalarnidir shivirlab yog'moqda. Qiziq
holat doim sizni eslasam yomg'ir yog'adi?!
Derazamdan qarab o'tirib, negadir xotiralarim
bilan yana sirlashgim keldi... Kundaligimni o'qir
ekanman, so'nggi sahifasi barcha xotiralarimni
to'zg'itib yubordi... "Bugun qo'limga qalamni
takror olishga tashqarida maydalab yog'ayotgan
yomg'ir sababchi... Eslaysizmi, ilk suxbatimiz? 3-
arel 2011-yil,o'shandayam maydalab yomg'ir
yog'ardi. "sangayam yomg'ir yoqadimi?" deb
so'raganizda "judayam" deya jovob bersam,
quvongandingiz. Huddi yaqin tanishlardek
gaplashgandik. Sizni quvnoqligingiz menga
yoqardi. Doim "Sani o'zim topganman!" derdiz.
Ammo sevgining yarim yo'lida sizni yo'qotib
qo'ydimku! Nega?.. Bilasizmi, angladim asl
Hayotim siz bilan tanishgach boshlangan ekan.
Siz bilan birgaligimda ko'p narsalarga ega
bo'lgandim. Atrofimda Baxt, Quvonch,
Sevgi,Iwonch va eng asosiysi Siz bor edingiz...
Hozir esa atrofimga qaradim, men bilan faqat
Dard, Sog'inch va Armonli Xotiralarim ekan.
Sog'inch yuragimni yaralovchi bo'lsa, Dard unga
malxam va meni yashashga undaydi... Armonli
Xotiralarim esa meni doim ta'qib etadi.Har
nafasim, har qadamim hatto borar joyimda ham
u sizni eslatadi... Esingizdami endi
tanishganimizda bizlarga ko'plar havas qilardi?!
O'shanda menga "Umid" deb atalgan tuyg'uni
bergan ekansiz. Siz ketdingiz, ammo mana shu
Umid hali hanuz men bilan. Ammo u ham
osmondagi eng mitti yulduz kabi so'nib
bormoqda... Qarang, yog'ayotgan yomg'irni
ko'ring. Tomchi ovozini siz ham eshityapsizmi?
Qaniydi mana wu yomg'irlar barini yuvib
ketolsa... Balki vaqti kelib, bularni unutarman.
Lekin yuragimda bir kichkinagina joy bor! U
joyning egasi siz! Bu joyga o'zgalar umrbod
egalik qilolmasa kerak... Mayli so'rasinlar
makoning qay deb, shodlanib mamnun men
ko'kka boqaman. Duch kelgan ilk baxting qani
desalar, Siz tomon jimgina yoshla boqaman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1