Haj ibodatiga borgan bir musofir
kishi
ko‘chadan yigirma besh ming
AQSh
dollari miqdoridagi pulni topib
olibdi.
Pul egasini topish maqsadida,
OAVga
e`lon beribdi, tanishlardan
so‘rab- surishtiribdi, lekin
harchand urinmasin
uyiga qaytgunicha ham pulning
egasi
topilmabdi.
Yurtiga qaytgach ham so‘rab-
surishtirishda davom etibdi.
Internet
tarmog‘i orqali e'lonlar beribdi,
ammo bu ham foyda bermabdi.
Oradan bir yil
o‘tgach topilgan pulni o‘zi uchun
sarflashni harom deb bilgan bu
kishi,
rafiqasi bilan maslaxatlashib,
pulning
hammasini beva-bechora va
kambag‘allarga tarqatib
yuboribdi. Oradan ko‘p o‘tmay
uyiga ikki yigit
kelib, topib olingan yigirma besh
ming
AQSh dollarning egasi
ekanliklarini
aytishibdi va pulni qaytarishini
so‘rashibdi. Buni eshitgan haligi
kishi
nima qilishini bilmay, to‘g‘risini
aytsa ular ishonmasliklaridan
qo‘rqib,
Allohga tavakkal qilib, ertaga
kelishlarini iltimos qilibdi.
O‘sha kuni tuni bilan ibodat qilib,
Allohdan uni bu hijolatli holatdan
qutqarishini so‘rab, yig‘lab
duolar qilibdi. Tonga yaqin
charchab, ko‘zi
uyquga ketib qolibdi. Tush
ko‘ribdi.
Tushida Rasululloh sollallohu
alayhi
vasallam unga qarab:
- “Xafa bo‘lma ey ummatim, sen
qo‘shni shahardagi Abdulloh
ismli kishini top va undan
yordam so‘ra. U
sahovatli boylardan, senga
albatta
yordam beradi va yana unga
shuni
aytgin-ki, u mening chin
ummatimdir,
u menga har kuni tongda yuz
marotaba salovat aytishni o‘ziga
odat qilib olgan”, debdilar.
Tongda turib, qo‘shni shaharga
borib,
Rasulluloh sollallohu alayhi
vasallam
aytgan manzildan Abdullohning
xonadonini topib, uni chaqiribdi
va
ichkariga kirishga izn so‘rabdi.
Ichkariga kirgach, u bilan
salomlashib:
- “Meni sizning oldingizga
Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam
jo‘natdilar”, -
deb, bo‘lgan voqeaning
hammasini
aytib beribdi.
- “Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar, siz u zotning
chin ummati
ekansiz va har tongda u zotga
yuz
marotaba salovat aytar ekansiz”
debdi.
Buni eshitgan Abdulloh xo‘ng-
xo‘ng
yig‘lab:
- “Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytgan odam siz
ekansiz-da, kecha
mening ham tushimga kirib,
sizning
kelishingizni aytgan edilar, sizni
kutib
turgan edim”, debdi.
Ikkalalari bir-birlarini quchoqlab,
bo‘lib o‘tgan voqeadan
ta'sirlanib, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga
bo‘lgan muhabbatlari qalblarida
jo‘sh
urib, xo‘ng-xo‘ng yig‘labdilar.
So‘ng
Abdulloh uyidan ellik ming AQSh
dollari olib chiqib:
- “Mana shu pulni hammasini
oling. Pulning yarmini topib
olgan pulingizni
qaytarish uchun, yarmi esa
Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamga
bo‘lgan
muhabbatingiz uchun sizga
hadya”,
debdi.
Haligi kishi pulni olib uyiga
qaytibdi. Kelishilganidek pulning
egalari
kelishibdi. U kishi pulni qaytara
turib,
yig‘lab-yig‘lab ularga bo‘lgan
voqeani
aytib beribdi. Ular ham bo‘lgan
voqeadan ta'sirlanib, pulni
olishdan
voz kechishibdi. Ular ham
Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga bo‘lgan
muhabbatingiz uchun deb, pulni
u
kishiga hadya qilib yuborishibdi.
(muallifdan Alloh rozi bo`lsin)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев