hamda Karomatxon ayamlarga ehtirom bilan bag’ishlay’man
Kuzning sokin, huzurbaxsh qo’shiqlari boshlanganiga ancha bo’ldi . Ay’niqsa, sahar chog’lari uning munis qo’shiqlarini tinglasangiz, bu hayotning qanchalar shirinligini, aziz va g’animatligini his etganday’ bo’lasiz. Salgina kuz shabadasiga uzilay’ – uzilay’ deb turgan yaproqlar « shov « etib erga to’kiladi . Ariqlardagi ,Irmoqlardagi suvlar kundan – kunga tiniqlashadi-yu, borgan sari ozay’ib, tansiq bo’lib boradi .
Kuzning o’rtalari. Dala- tuzdagi hosillarning ancha- munchasi y’ig’ishtirib olingan.Issiq kunlarni g’animat bilib, to’y’lar avj olib boryapti. Bugun ishdan kelsam , bolarim chuvillashib qo’limga yana bir taklifnoma tutqazishdi .
- Bitta tog’am kelib , to’yga ay’tib ketdilar,- dedi shoshib – pishib birinchi sinfda o’qiy’digan o’g’lim .
- Enamlarning o’… oldingi qo’shnilari boridi-ku, o’sha tog’am ,- dedi vazminlik bilan katta qizim . Taklifnomani o’qishga tutindim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев