kun
Ko‘chada, metroda, va xatto
ishda.
Siz kezib yurasiz yilning har fasli,
Yozda ham o‘shasiz, o‘shasiz
qishda...
Nikohlab olgansiz go‘yo dunyoni,
Uning lablaridan bo‘sa olasiz.
Zarracha dunyongiz ketsa gar
tashlab
Shaytonlab qolasiz, yig‘lab
qolasiz.
Biz bildik, angladik- dunyo -
bevafo,
Siz muncha dunyoga haris
bo‘lasiz?!
Hech kimsa fanoda qolmas
bebaqo,
Axir siz ham bir kun yig‘lab
o‘lasiz...
Ayting, yashab-yashab topdingiz
nima,
Qanday mavqelarga erishdingiz
siz?!
Qiziq, malakul mavt kelgan
kechada
Hayotdan xo‘prizo, kerishdingiz
siz...
Siz o‘zi qandayin odamsiz ayting,
Nimaga bunchalar
hotirjamdirsiz?!
Go‘yoki do‘zaxdan ozod etilgan
Qiyomat kuniga
nomahramdirsiz?!
Yuzingizda kulgu, tabassum bilan
Dunyoni tinmasdan talab qilasiz.
O’lim haqidagi mav’izalarga
Ertak eshitgandek tinmay kulasiz.
Jahannam azobi tasvirlanganda
Nahot qalbingizgizni tirnamas
hech dard.
Siz yo bir telbasiz, yoki bir dahriy
Va yoki jin chalib o‘zin bilgan
mard...
Labingiz gezarmas vo ajab aslo
Qabr azobining tasvirlariga,
Bir soniya bo‘lsin oxirat demay,
Tayyorsiz dunyoning
tahqirlariga...
Payg‘ambar kimligin bilish
istamay,
Bir umr yuzingiz buradirsiz siz.
Odamlar bir taraf bo‘lsalar agar,
Dunyoni boshqacha ko‘radirsiz
siz.
Fisq-u fujur desa, yugurasiz-u,
Azon aytilganda yotib olasiz.
Shaytonlar majlisin boshlaganida
Anjuman avjida paydo bo‘lasiz.
Fohishalar haqda tinmay o‘qiysiz,
Ularning rang-barang surati
yoqar.
Ko‘nglingiz tubida extimol bir
zumIymonning eshigin nimadir
qoqar..
.Lek siz mahrumsizki, uni
ochishdan
Xatto e’tibor ham qilib
qo‘ymaysiz.
Siz shunchalar maraz, shunchalar
palid,
Tinmasdan yeysiz-u, aslo
to‘ymaysiz.
Necha yil xovlingiz masjid oldida,
Azonlar ketidan azonlar yangrar.
Extimol o‘sha payt qalbingiz
uchun
Shaytonlar balandroq eshakdek
xangrar.
Sizga shu xangrashlar qadrdon
erur,
Sizga shu aslida mos erur balki,
Endi buyog‘iga umid qolmadi,
Ta’sir etmadi-ku ming bir
tarsaki...
Siz haqda birovga aytsam
ishonmas,
Bunaqa odam yo‘q, degay
shubhasiz.
Sizdek bo‘lmoqlikdan so‘raymiz
panoh,
Siz o‘zi topilmas noyob nushasiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1