yoki. ???
Baxt "li” qiz, ertaga turmushga
chiqmoqda… Ko’zlarida yosh!
Birinchi bora uyidan uzoq
ketmoqda. Ko’zlarida yosh,
romolcha kamlik qilmoqda. Otasi
bilan xayirlashdi, onasi bilan...
singlisi, uka-akalari bilan.
Ketmoqda endi yori tomon...
Qalbida sevgi uyg’ondi yoriga.
Endi u baxt "li”. O’ylagandi axir
shu hayotni. Juda ham baxt "li”.
Juda ham. Sevinchi ichida emas.
Uyga borganda ota-onasidan
uyalardi. Axir qarshi edi boshida.
Uni majburlab uzatishdi, eng
so’lim yoshida, sevgi yo’q boshida.
Endi hursand. O’z uyini ham
unutgandi go’yo. Bu kunlar unga
ertak edi. Bolalikdagi ertak...
Rostdan ham ertakka aylandi.
Shahzodasi asli qaroqchi bo’lib
porladi. U uchun boshlandi
qorong’u kunlar. Boshi chiqmas
endi tashvishdan. Uyga ham
qaytib borolmas, boshin egolmas.
Chidadi azoblarga... Oxiri betob
bo’lib.... Qaytarishdi o’z uyiga...
Baxt "siz” qiz, erta ajrashdi
yoridan. Uyda qoldi yolg’iz,
yig’lardi yurakdagi og’riq
zo’ridan. Bu og’riq bilinmasdi
hech kimga, ko’rinmasdi hatto,
qaraganda chetdan. Qiz yig’lardi
tinimsiz. Hech sababsiz. Ha.
Sababsiz. Chetdan qaraganda
sababsiz. Qizgachi? Sabab
dengizdek. Toshayotgan,
xayqirayotgan to’lqindek...
Hayotini tugadi dyerdi. Nima
ko’ribman hayotdan, bu beshafqat
hayotdan dyerdi. Unga shavqat
qilmagandi hayot. Uyda o’tirar
chiqmay ko’chaga. Tinimsiz
yig’ladi... Kunlar tunlar yig’ladi.
Ko’zida yosh qolmadi. Ota onasi
endi qiziga ko’rinishga uyalar.
Axir ular deb shu xolga tushdi
bechora.
Unga aytishardi, "hali hayoting
oldinda, hali hammasi yahshi
bo’ladi, sen ishonsang bo’ldi” deb.
Unga bu gaplar sig’armidi. Axir
bu gaplar to’g’ri kelmasdi uni
hayotiga. Sevishga ulgurmadi qiz,
sevgin qo’lin tutib qololmadi qiz.
O’zini atay boshladi baxt "siz”...
Endi u baxt "siz”. Har qadamda
baxt "siz”. Uni atashar baxt "siz”.
Uni ko’rsatishar baxt”siz”. Nafas
olganda eshitlar baxt "siz”.
Oynaga qaraganda ham ko’rinar
baxt "siz”. Umuman baxt "siz”...
Uyda zerikdi baxt "ni” o’ylagan
qiz. Ko’chaga chiqdi, yurdi
tinimsiz, qidirdi yoqotganini.
Topolmadi. Ishondi yana, o’ziga
deya man yana baxt "siz”. Uyga
keldi. Yotdi. Yig’ladi yana
bearmon. Yuzidan ketdi kulgu,
o’ylaydi, qaytmaydi endi mangu...
Seva olmaydi endi birovni boshqa,
sevishga qo’rqar, men qiz emas
deb qanday aytar. Qalb torlarini
chertsa birov, atasalar unga
musiqa... Nega u ayta olmaydi
endi... Nima endi yursinmi
ko’chada sayoq, axir yeydiku
unda bir kun tayoq...
Telefoni jiringladi. Oldi. Dugonasi.
Turmushga chiqayotgan ekan.
Baxt tilashi kerak. Aytdi: "Baxt
"li” bo’l”. Baxt "ni” "li”sini o’yladi.
Baxt "ni” "siz”ini o’yladi.
Dugonasi bo’ladi endi "li” u esa
qolayapti "siz”. Yana o’yladi.
Qayerda qildim xato. Qayerda
adashdim... o’ylab o’yiga
yetolmadi... Yana o’yladi. Baxt
so’zini ma’nosini axtardi.
Dugonasi baxt "li”. Juda ham.
Yana oylar o’tdi. Boshqa dugonasi
telefon qildi. U ham to’yga taklif
etdi. Qiz aytdi: "Baxt...” telefonni
qo’ydi. Baxt "li” bo’l deya ayta
olmadi. O’zida yo’q narsani
boshqadan qizg’ondi. Ko’ziga yosh
oldi, baxt uzugi olingan
barmog’iga qarab...
Baxt "ga” zor qiz, yana o’ylaydi
o’zini baxt "siz”, yo’q u baxtsiz
emas. U asli o’zini atadi baxt
"siz”. Hech kim bu dunyoda baxt
berilmaydi. Uni o’zi yasaydi. "LI”
va "SIZ”. Kimdir oladi "li”ni aslida
bo’lsa ham "siz”. Kimdir oladi
"siz”ni aslida bo’lsa ham "li”.
Baxti "ni” taniy olmagan qiz
yurar osuda. Kutib, kim unga
berarkin "li” yoki "siz”
qo’shimcha. Kim baxtli, kim
baxtsiz. O’zimizga baho beramiz.
Asli hammamiz oddiy baxt.
Kimgadir "li” kimgadir "siz” miz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев