Endi esa Sizlar bilan el suygan aktyor serqirra ijodkor rahmatli Hojiakbar Nurmatov haqida gaplashamiz. Aktyorning hayoti va ijodi to'g'risida fikr almashamiz.
Hojiakbar Nurmatov 1944 yil 25 noyabr sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan.
Aktyor 1964 yilda Toshkent Davlat teatr va rassomchilik san'ati oliygohiga o'qishga kiradi. Ushbu oliygohda u Erkin Komilov, Yodgor Sa'diyev va Gulchehra Jamilova singari aktyorlar bilan birga tahsil oladi.
Hojiakbar Nurmatov aktyorlik faoliyatini 1966 yilda hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatrida boshlaydi.
Ushbu teatrdagi faoliyati mobaynida u o'ndan ortiq spektakllatda rollar ijro etgan.
Aktyor kinodagi faoliyati davomida esa yigirmadan oshiq kinofilmlarda suratga tushgan hamda bir necha esda qolarli rollarni ijro etgan.
Shu bilan birga Hojiakbar Nurmatov filmlar dublyajida ham faol tarzda ishtirok etib, umumiy faoliyati davomida 2000ga yaqin fillm va seriallar dublyajida ishtirok etgan.
Hojiakbar Nurmatov o'zining aktyor sifatidagi faoliyati orqali "O'zbekiston xalq artisti" unvoni bilan taqdirlangan.
Aktyorning shaxsiy hayoti haqida: Hojiakbar Nurmatov Ra'noxon ismli ayolga uylangan. Ular ikki nafar qiz farzandli bo'lishgan. Aktyorning rafiqasi og'ir hastalik sabab vafot etgan. Shundan so'ng Hojiakbar Nurmatov boshqa uylanmagan va yolg'iz hayot kechirgan.
Aktyor so'nggi bor 2006 yili "Xo'ja Nasriddin: O'yin boshlandi" filmida suratga tushgan.
Hojiakbar Nurmatov 2007 yil fevral oyida 62 yoshida yurak xurujidan vafot etgan.
Hojiakbar Nurmatov garchi hozir hayot bo'lmasa ham muxlislari qalbida, so'nmas yulduz sifatida bir umrga muhrlangan. ✔️
🎧 T.me/dublyaj_qirollari 📺
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев