U 1950 yil 27 iyun sanasida marhum aktyor O'zbekiston Respublikasi Xalq artisti Abbos Bakirov oilasida dunyoga kelgan.
U oilasida ikki qiz va ikki o'g'ilning biri bo'lgan.
Oybarchin Bakirova san'atkorlar oilasida ulg'aygani uchun ham yoshligidan aktrisa bo'lishni niyat qilgan.
U o'rta maktabni bitirgach, Toshkent Teatr va rassomchilik san'ati oliygohida tahsil olgan.
Aktrisa o'z faoliyatini 1971 yili "O'zbekfilm" kinistudiyasida boshlagan. U hammamizga tanish bo'lgan "Tangalik bolalar", "Armon", "O'yin" va "Farzandim" kabi o'nlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan.
Oybarchin Bakirova tomoshabinlarga nafaqat kinoaktrisa balki, dublyaj sohasidagi faoliyati bilan ham juda yaxshi tanish. Aktrisa bugunga qadar yuzdan ortiq kino va multfilmlarga ovoz bergan.
Oybarchin Bakirova o'z faoliyati orqali 2000 yilda "O'zbekiston Respublikasi Xalq artisti" unvoni bilan taqdirlangan.
Ayni paytda Oybarchin Bakirova 69 yoshda bo'lib, hozirda ham san'at sohasida o'z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda!✔️
🎧 T.me/dublyaj_qirollari 📺
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев