Zulhumor Mo'minova yoshligidan san'atkorlikka qiziqqan va maktabni bitirgach Moskvadagi Butunrossiya kinomatagrafiya oliygohida tahsil olgan. Ushbu oliygohni u 1983 yili tamomlagan.
Aynan shu yildan u "O'zbekfilm" kinistudiyasida o'z faoliyatini boshlagan. Ushbu kinostudiyadagi faoliyati davomida aktrisa "Sevgi afsonasi", "Qora mushuk", "Shaytanat" kabi bir necha filmlarda suratga tushgan.
Zulhumor Mo'minova tomoshabinlarga asosan dublyaj aktrisasi sifatida tanish bo'lib, bugungacha yuzlab filmlar dublyajida qatnashgan. Shu bilan birga u sobiq "Zamin FM" radiosidagi faoliyati orqali ko'plab muxlislar ortirgan.
Ushbu ko'p yillik faoliyati orqali Zulhumor Mo'minovaga "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoni berilgan.
Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida: Zulhumor Mo'minova talabalik davrida ko'pchilikka tanilgan aktyor Zokir Mo'minovga turmushga chiqadi. Keyinchalik ular bir o'g'il farzandli bo'lishgan. Taqdir taqozosi bilan uning turmush o'rtog'i Zokir Mo'minov kutilmaganda olamdan o'tadi. Zulhumor Mo'minova shundan so'ng boshqa turmush qurmagan. Bu aktrisaning yolg'iz o'g'li Umid Mo'minov 35 yoshda bo'lib, hozirda Moskva shahrida yashaydi.
Zulhumor Mo'minova ayni paytda 59 yoshda. U bugungi kunda ham o'zining kino va dublyaj sohalaridagi faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda.
🎧 T.me/dublyaj_qirollari 📺
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев