21.1948 Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1974). 1973—87 yillar Hamza teatrida, 1987 yildan Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktyor. Yaratgan obrazlaridagi dard, iztirob, qarama-qarshi hissiyotlar, oʻziga xos musiqaviy ovoz, rang-barang ohang, tinim va bosimlari bilan tomoshabinni oʻziga rom etishga erishadi, shuningdek, romantik anʼanalarni hayotiy talqin usuli ila uygʻunlashtira olishi bilan ajralib turadi. "Qaroqchilar" (F. Shiller) spektaklidagi Shveyser roli bilan sahnadagi faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Aleksandrov (L. Tolstoy, "Tirik murda"), Zokirov (S. Abdullin, "Oʻn uchinchi rais"), Tarso (T. Tula, "Nodirabegim"), Navoiy, Iskandarning otasi (Sh. Rizayev, "Iskandar"), Faridun (Firdavsiy, "Faridun"), Yago (U. Shekspir, "Otello"), Lir (U. Shekspir "Qirol Lir"), Aslzoda (A. Sagareli, "Xonuma") kabi rollari bilan tanilgan.
Kinoda ("Yaratganga shukur"da Ahmad, "Alpomish"da Boyboʻri va boshqalar), televizion filmlarda ("Diyonat"da Proxor, "Girdob"da ilmiy kotib, "Ichkuyov"da Sergey, "Omon boʻlsang, unutma"da Guskov kabi) ham suratga tushgan. Afzal Rafiqov oʻzbek dublyaj sanʼati rivojiga o'zining ulkan hissasini qoʻshgan. 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan ("Lev Tolstoy"da Tolstoy, "Gʻalaba" filmida Stalin, "Hayot mazmuni"da Usmon Yusupov va boshqalar). Bir nechta televizion hujjatli filmlar matnini oʻqigan. "Gulshan" radiojurnalining boshlovchisi, bir qancha radiopostanovkalar ("Usmon Nosir", "Xabib Abdullayev" va boshqalar)ni olib borgan.
🎧 T.me/dublyaj_qirollari 📺
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев