🎤🔹
Dublyaj (frans. doublage), kinofilmlar dublyaji — filmni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib yaratilgan yangi fonogramma. Dialoglar tarjimasi mazmun jihatdan toʻgʻri, film qahramonlarining soʻzlashuviga — ogʻiz harakatiga mos boʻlishi shart. Tarjimon yoki yangi matn muallifi, muharrir, rejissyor, aktyor, ovoz operatori, montajchi, matn joylashtiruvchidan iborat ijodiy guruh amalga oshiradi. Avval tarjimon dublyaj qilinadigan filmni sinchiklab koʻrib, undagi monolog va dialoglar qaysi vaziyatda, qanday holatda talaffuz qilinishini, aniq bilib olishi lozim. Tarjimadan soʻng muharrir har bir soʻzni aktyor talaffuziga solishtirib tahrir qiladi. Dialog paytida lab harakati aytilayotgan soʻzga muvofiq boʻlishi lozim. Rejissyor film qahramonlari ovoziga moslab aktyor tanlaydi. Nihoyat aktyor ovoziga turli shovqinlar (avtomobil, samolyot, shamol, dengiz toʻlqini, hayvonlar ovozi va b.) qoʻshib yoziladi. Musiqa va tabiiy tovushlar, odatda, filmning aslidan olinadi, baʼzan yangi variant ham tayyorlanadi. Oʻzbekchiligimizga to'g'ri kelmaydigan joylar kesib tashlanadi (bu holatlar 2005-yildan to hozirgacha kuzatilmoqda). Ma'lumotlarga ko'ra "Oʻzbekfilm"da har yili 70—80 film dublyaj qilinadi.
Bugungi kunda Mahmud Ismoilov, Afzal Rafiqov, Abdulhay Otaxo'jayev, Hoshim Arslonov, Elbek Mirzohidov, Dildora Rustamova, Iroda Ahmedova kabi dublyaj ustalari bu san'at turiga o'zlarining munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Hozirgi kunda O'zbek dublyaji yanada yuqori pog'onalarga chiqib bormoqda. Ko'plab davlat va nodavlat telekanallari orqali efirga uzatilayotgan xorijiy teledasturlarda dublyaj ustalari mahorat bilan ishlashmoqda. "ICHKARIDA", "So'yla Qoradengiz", "Sevgi iztirobi", "Hayot-Mamot" kabi xorijiy teleseriallariga ishlangan dublyaj namunalari O'zbek dublyaji qay tarzda rivojlanayotganligining yaqqol namunasidir!
🔹🔸🔹🔸🔹🔸
🎤🎧 @dublyaj_qirollari 📺
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев