Предыдущая публикация
"Barcelona" jamoasi hujumchisi Leo Messi o‘tgan yil haqida gapirib o‘tdi.
"Yangi yilda biz iloji boricha eng yaxshi natijani qayd etishga harakat qilamiz. Bilaman, o‘tgan yil men uchun faoliyatimdagi eng yaxshi yillardan biri bo‘lmadi.
O‘tgan yili menda ham maydonda, ham uning tashqarisida muammolar bo‘lgan edi. Endilikda mening vazifam - eski yomon xotiralarni hayolimdan o‘chirib tashlash va o‘zimning oldingi darajamga qaytish.
"Barcelona" hozir yaxshi formada. Eng asosiy narsalardan biri, biz "Real Sosedad"dan uchralgan mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqara oldik (0:1).
Jamoa o‘z kuchiga ishonadi, lekin hali oldinda uzoq yo‘l bizni kutib turibdi" - deydi Messi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев