Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri "Seltik" bosh murabbiyi etib tayinlanishi ehtimoli haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Klubda qanday vaziyat hukm surayotganini bilmayman, lekin dunyoning ko‘plab odamlari singari "Seltik"ni ham hurmat qilaman. Murabbiylikka nomzod ekanligim haqidagi mish-mishlar haqida hech narsa deya olmayman, ammo men yana murabbiy sifatida biror jamoani boshqarishni istayman. Men "Seltik"ni ham, "Reynjers"ni ham hurmat qilaman, biroq hozir shunchaki kutaman va vaziyatni kuzatib boraman", – deya Anrining so‘zlarini keltirmoqda "Goal".
Eslatib o‘tamiz, Anri futbolchilik faoliyatini yakunlagach, "Arsenal" va Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan, keyinchalik "Monako" bosh murabbiyiga aylangan. 43 yoshli mutaxassisning so‘nggi klubi "Monreal" edi, u bu klubni shu yilning fevral oyida tark etgandi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев