08.2016 Mahalliy Universal Mobile Systems MChJ uyali aloqa xizmatlari ko‘rsatish uchun 2029-yilga qadar amal qiladigan litsenziyaga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. Foto: “Gazeta.uz” “Kompaniya mobil operator sifatida barcha xizmat va servislarni ko‘rsatmoqda, yangi abonentlarni tarmoqqa ulashni va amaldagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirmoqda”, — deyiladi operator saytida joylashtirilgan xabarnomada. “Jiddiy salohiyatga ega bo‘lgan UMS barcha yo‘nalishlardagi rivojlanishning uzoq istiqbolli strategiyasi realizatsiyasini davom ettiradi, bunda barcha mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratadi”, — ta’kidlanadi xabarnomada. 4-avgust, payshanba kuni Rossiya matbuotida “MTS” kompaniyasi avgust oyining oxiriga qadar UMS muassislari qatoridan chiqishi mumkinligini xabar qilingan edi. Ushbu axborot rasmiy tasdiqqa ega emas edi. UMS 2014-yilning 1-dekabrida O‘zbekiston hududida mobil aloqa tarmog‘i tijoriy ekspluatatsiyasini yo‘lga qo‘ygan edi. 2016-yil boshidagi holatga ko‘ra kompaniya abonentlari soni 1,095 million foydalanuvchini tashkil etdi.
http://images.google.ru/url?q=http://polno.my1.ru/publ/svoimi_rukami/1/lazer_iz_dvd_rw_privoda/11-1-0-14&sa=U&ved=0ahUKEwjFjtmjkIrPAhVLApoKHSxDDkYQ5RMIAw&usg=AFQjCNGRC0W8STKJjyc_xiKY1TwOpRX5kw
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев