Bir kuni bilinar mani yo'qligim,
Yo'q bo'lib qolganim sezasan shunda,
Xar kuni eslaysan qidirasan jim,
Doim ko'zlaringdan yosh oqar kunda.
Bir kuni bilinar mani yo'qligim,
Yo'q bo'lib qoladi o'sha vaqtlar ham,
Qidirib topolmay qiynaysan o'zing,
Yo'qolib ketadi o'sha baxtlar ham.
Bir kuni bilinar mani yo'qligim,
Xozircha bilmaysan hayollardasan,
Qulflab berkitilgan yo'l,
Afsus nadomatli hatolardasan.
Bir kuni bilinar mani yo'qligim,
Izlab izlab sira topolmassan xech,
Ey Xudo qaytarib ber deb yolvorsang,
Sado kelar senga bo'ldi endi kech.
Bir kuni bilinar mani yo'qligim,
Mansiz o'tmay qolar shirin tunlaring,
Xar tongda eslaysan mani yuzimni,
Ma'nosiz bo'ladi shunda kunlaring.
Bir kuni bilinar mani yo'qligim,
Yo'qotib qo'yganing sezasan bir kun,
Balkim qachonlardur, balkim ertaga,
Balkim bilinadi aynan shu bugun.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1