Yolg'on bilan chalg'itmang, bo'ldi.
O'z - o'ziga yetadi dardi,
Yuragimni og'ritmang, bo'ldi.
Yomon bo'lsam tepkilab keting,
Eplasangiz turtkilab keting.
Yuzimga loy surtkilab keting,
Yuragimni og'ritmang, bo'ldi.
Do'stingman deb o'ynashmang axir,
Dushmanga chog' kavlashmang axir.
Oqibatla quvlashmang axir,
Yuragimni og'ritmang, bo'ldi.
Kimligingiz bildirib qo'yib,
Ishni tagdan tindirib qo'yib.
Ishonchimni sindirib qo'yib,
Yuragimni og'ritmang, bo'ldi.
Mung tishlaydi tilim benajot,
Ammo ichda dil yig'laydi dod.
Boshim kesing bo'lsangiz jallod,
Yuragimni og'ritmang, bo'ldi.
Bir parcha go'sht, temirdan emas,
Yoqavermang ko'mirdan emas.
Mendan oling olsangiz ham qasd,
Yuragimni og'ritmang, bo'ldi.
G'amlar ortda qolishsin endi,
Yonsa dardlar yonishsin endi.
Baxt bilan ham tanishsin endi,
Yuragimni og'ritmang, bo'ldi,
Yuzakiga xurmat qilmanglar,
Ortimdan so'ng g'iybat qilmanglar.
Yaralangan qalbim tilmanglar,
Yuragimni og'ritmang, bo'ldi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев