Sulh ertaga. 19-yanvardan kuchga kiradi.
Avvalroq Isroil Xavfsizlik kengashi ham bitimni ratifikatsiya uchun tavsiya etgan, Prezident Isaak Getsog hukumatni uni qabul qilishga undagan edi.
Otashkesimning olti haftalik birinchi bosqichida XAMAS ushlab turgan isroilliklarning 33 nafari Isroil qamoqxonalaridagi yuzlab falastinlik mahbuslarga almashiladi. Shuningdek, Isroil kuchlari G’azoning aholi zich joylashgan hududlarini tark etishi, falastinliklarga uylariga qaytishga ruxsat berilishi, sektorga har kuni gumanitar yordam ortilgan yuzlab yuk mashinalari kiritilishi kerak.
Ikkinchi bosqichda XAMAS garovdagilarning barchasini ozod etishi, Isroil qo’shinlarini G’azodan to’liq olib chiqishi belgilangan.
Yakuniy bosqich G’azoni qayta qurishni boshlashni o'z ichiga oladi.
📷 AP
https://www.amerikaovozi.com/a/7938677.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7940764.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7940070.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7936770.html
https://www.amerikaovozi.com/a/7938652.html
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев